Salomatlik Salomatlik Gripp, pnevmoniya va bronxit: infarkt hamda insult xavfini oshiradigan boshqa yuqumli kasalliklar

Gripp, pnevmoniya va bronxit: infarkt hamda insult xavfini oshiradigan boshqa yuqumli kasalliklar

O'qildi: 348


Gripp, pnevmoniya va bronxit: infarkt hamda insult xavfini oshiradigan boshqa yuqumli kasalliklar

Turmush tarzi, genetika va ovqatlanish yurak salomatligiga ta’sir qilmay qolmaydi va yurak xuruji xavfini sezilarli darajada oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ammo yurakning sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi yana bir omil bor — bu yuqumli kasalliklar. Shifokorlar ogohlantirishicha, agar bemorda ayrim yuqumli kasalliklar bo‘lsa, yurak salomatligiga ko‘proq qayg‘urish kerak, deb, yozadi “Noviy ochag”.


Foto: Ponterest

Infeksiyalar yurakka qanday aloqasi bor?

Kardiologlarning fikriga ko‘ra, infeksiyalar yurak sog‘lig‘iga ikki jihatdan putur yetkazishi mumkin. Birinchidan, stress yordamida: yuqumli kasalliklar har doim organizmni yanada intensiv rejimda ishlashga majbur qiladi va agar yurak zaiflashgan bo‘lsa, bu kuchaygan stress hujumni qo‘zg‘atish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, infeksiya organizmda yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi va bu, o‘z navbatida, tomirlarda zararli quyqalar shakllanishini tezlashtirishi va qon aylanishining qiyinlashishiga olib keladi.

Gripp

Gripp infarkt va insult xavfini sezilarli darajada oshiradigan kasalliklardan biridir. London Gigiyena va tropik tibbiyot maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tashxis qo‘yilgandan keyingi dastlabki kunlarda xavf keskin oshadi. Biroq, emlash xavfni kamaytirishga yordam beradi va organizmni nafaqat grippdan, balki yurak xurujidan ham himoya qiladi.

Bronxit

New England Journal of Medicine’da chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, bu nafas olish yo‘llari infeksiyasi yurak xuruji xavfini besh barobarga, insultni esa uch baravar oshiradi. Eng xavfli davr — tashxis qo‘yilgandan keyingi dastlabki kunlar, ammo tiklanishdan keyin uch oy ichida u asta-sekin yo‘qoladi. Shunday qilib, bronxit bilan og‘rigan bemorlar tuzalgandan keyin kamida uch oy davomida yurak salomatligiga ehtiyot bo‘lish lozim.

Pnevmoniya

Yevropa Profilaktik Kardiologiya jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan odamlarda yurak xuruji xavfi olti barobarga ortadi. Eng yomoni shundaki, ortib borayotgan xavf kasalxonaga yotqizilganidan keyin kamida besh yil davom etadi. Shuning uchun pnevmoniyaga chalinganlar yurak muammolarining dastlabki belgilarini o‘tkazib yubormaslik uchun ko‘proq ehtiyot bo‘lishi kerak.

Peshob chiqarish yo‘llari infeksiyalari(UTI)

Deyarli 35 000 bemorni qamrab olgan tadqiqot peshob yo‘llari infeksiyalari va yurak xuruji hamda insult xavfi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni tasdiqladi.

Sepsis

Qon zaharlanishi bilan og‘rigan bemorlarda to‘liq tuzalib ketganidan keyin ham uzoq vaqt davomida yurak xastaligi va insult xavfi yuqori bo‘lib qoladi. Gap shundaki, sepsis tizimli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi, bu infeksiya davolangandan keyin uzoq vaqt davomida organizmda saqlanib qoladi va insult yoki yurak xuruji rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyalari

Tishlarning salomatligi yurak sog‘lig‘iga bevosita bog‘liq: tish kasalliklari, gingivit va periodontit yurak kasalliklarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Tish shifokoriga yiliga ikki marta tashrif buyurish va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi qoidalariga rioya qilish orqali nafaqat tishlarni, balki yurakni ham himoya qilish mumkin.

Mavzuga doir:

  • Yurakka zarar: zudlik bilan voz kechish kerak bo‘lgan yomon odatlar
  • Bilib qo‘yish juda muhim bo‘lgan yurak yetishmovchiligining 6 ta belgisi
  • Infarkt xavfi bormi?Yurak xuruji xavfini oshiradigan 6 ta omil


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.