Salomatlik Salomatlik Qarishni 5-10 yil ortga surishga yordam beradigan 7 tavsiya

Qarishni 5-10 yil ortga surishga yordam beradigan 7 tavsiya

O'qildi: 263


Qarishni 5-10 yil ortga surishga yordam beradigan 7 tavsiya

Yosh ko‘rinish uchun kosmetik o‘zgarishlarni amalga oshirgan bilan organizmning umumiy ahvoli yaxshilanib, kuch va energiyaga to‘lmaydi, busiz esa qarish ortga surilib qolmaydi. Yoshlikka xos kuch va quvvatga to‘la bo‘lish va kutilgandek natijaga erishish uchun amal qilish kerak bo‘lgan va samara beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.

Foto: “Domashniy Ochag”

Ko‘proq tabassum qiling

Yuzida hamisha samimiy tabassum bo‘lgan insonlar yoshiga nisbatan doimo yosh va energiyaga to‘la ko‘rinishi o‘tkazilgan tadqiqotlarda ham aniqlangan. Unga ko‘ra ko‘ngilli ishtirokchilardan suratdagi inson yoshini aniqlash so‘ralgan. Natijaga ko‘ra, yuzida tabassum bo‘lgan fotodagi insonlar jiddiy yuz qiyofalilardan 5-10 yosh kichik ko‘ringani ma’lum qilingan. Kulish nafaqat hayotni, balki yoshlikni ham uzaytiradi, degan xulosaga kelgan holda yuzingizdan tabassum arimasligini tavsiya qilamiz.

Uzum yeyishni kanda qilmang

Uzum, nok va olxo‘rining shirin bo‘lishiga sababchi bo‘ladigan tarkibidagi sorbit, tabiiy eng yaxshi namlantiruvchi modda hisoblanadi. Uning iste’molidan keyin hujayralar suv bilan to‘yinadi va namlik uzoq vaqt saqlanib turadi. Yosh va tarang teri uchun esa namlanish juda ham muhim sanaladi.

Qoshlaringizga e’tibor qarating

Parvarishlangan qoshlar yoshga nisbatan katta ko‘rinmaslik uchun ahamiyatli sanaladi. Qoshlar juda ham ingichka bo‘lmasligi hamda rangi soch rangidan ochroq va tabiiy ko‘ringani yaxshi. Bunda nigohlar porloq va ko‘rinish esa e’tibor tortadigan bo‘ladi.

Qo‘l terisini parvarishlashni unutmang

Qo‘l terisini nafaqat kundalik namlantirilishiga, balki ultrabinafsha nurlaridan saqlanishiga ham e’tibor qaratish kerak. Qo‘l terisi quyosh nuridan himoyalanishga yuzdan kam bo‘lmagan darajada muhtoj bo‘ladi.

Ko‘kat va sabzavotlarni kanda qilmang

Ko‘kat va sabzavotlar, ayniqsa, pomidorda terini qarishini oldini oladigan vitamin va mikroelementlar mo‘l bo‘ladi. Qolaversa, tarkibidagi likopin terini ultrabinafsha nurlaridan tabiiy yo‘sinda himoya qiladi. Shu sabab ham undan tayyorlangan salat va taomlarni kundalik ratsionga kiritish tavsiya etiladi.

Baliq mahsulotlari iste’mol qiling

Miyani yosh bilan bog‘liq muammolardan himoya qilish uchun haftasiga ikki portsiya baliq yeyish kifoya qiladi. Shuningdek, yog‘li baliq mahsulotlarida mushaklar tonusini va teri tarangligini oshiradigan birikma – DMAE bo‘ladi. Ba’zi kosmetologlarning ta’kidlashicha, yog‘li baliq mahsulotlarini doimiy ravishda iste’mol qilgan kishilarning qarishni ortga suradigan kremlardan foydalanishiga hojat qolmaydi.

Sport bilan shug‘ullaning

Mushaklar tonusda va uyqu tiniq bo‘lishi uchun haftasiga kamida 4 marta sport bilan shug‘ullanish kerak. Aynan uyquning yetishmasligi muddatidan avval qarishga sabab bo‘ladi. Haftasiga 150 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, ijobiy natijaning guvohi bo‘lasiz.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.