Salomatlik Salomatlik Kuniga 2 litr suv ichish shart emas. Suv ichishning foydasi bilan bog‘liq 5 uydirma

Kuniga 2 litr suv ichish shart emas. Suv ichishning foydasi bilan bog‘liq 5 uydirma

O'qildi: 292


Kuniga 2 litr suv ichish shart emas. Suv ichishning foydasi bilan bog‘liq 5 uydirma

Salomatlik va tashqi ko‘rinish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish va suv ichishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi. Ammo Amerika nevropatologlar jamiyati a’zolari suvning samarasi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni hamisha to‘g‘ri ekanligini inkor qiladi.

Foto: Freepik

Suv ishtahani kamaytiradi

Ovqatdan avval va tanavvul vaqti ishtahani kamaytirish maqsadida suv iste’mol qilish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Suv tezlik bilan oshqozon-ichak traktini kechib o‘tadi, to‘qlik haqida signal beradigan gormonning ishlab chiqarilishiga ta’sir qilmaydi.

Organizmni turli toksinlardan tozalaydi

Darhaqiqat ko‘p suv ichilsa, peshob ham shuncha mo‘l ajraladi. Ammo bu bilan moddalar ajralishi ko‘payib qolmaydi, shunchaki ularning peshobdagi konsentratsiyasi kamayadi. Bemorlarga ko‘p suyuqlik ichishning tavsiya qilinishi esa kasallik vaqti organizmdan suv boshqa ajralmalar orqali chiqib ketishi va suvsizlanish xavfini oldini olish bilan bog‘liq.

Bosh og‘rig‘ida samara beradi

Klinik amaliyot va faktlar ushbu qarashning to‘g‘ri ekanini rad etadi. Organizm suvsizlanganda bosh og‘rig‘i bezovta qilishi mumkin, ammo suv ichish unga davo bo‘la olmaydi. Yetarli miqdorda suv ichish migrenning oldini olishi mumkin, ammo og‘riqning kelib chiqishiga o‘nlab sabab bo‘lgani uchun har doim ham samara beravermaydi.

Suv ichish teri ahvolini yaxshilaydi

Aslida suv teri qatlamlarida qoladi va uni ichki tomondan namlantira olmaydi. Terining ahvoli suvning qanchalik bug‘lanishiga, bu esa o‘z navbatida organizmning salomatligi, atrof-muhitdagi harorat va namlantiradigan kremlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Kuniga ikki litr miqdorda suv ichish foydali

Bu tavsiya hamma uchun dolzarb bo‘lishi mumkin emas. Vazni 42 kilo bo‘lgan qizga ham uning vazni 86 kilo bo‘lgan onasiga ham ikki litr suv ichish tavsiya qilinishi mantiqsizlik. Suvni har kim ehtiyoj va organizmidan kelib chiqqan holda iste’mol qilishi kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.