Organizmda saraton xavfining oshishiga sabab bo‘ladigan “beozor” odatlar
Afsuski, 100 foizga o‘sma paydo bo‘lishi xavfini bartaraf etishga imkon beradigan aniq va tasdiqlangan strategiya mavjud emas. Ammo ushbu sohadagi mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar kasallik xavfini sezilarli darajada oshiradigan omillarni aniqlashga yordam berdi. Talab qilinadigan narsa ularni bilish va cheklashdir.
Foto: “best-quote.ru”Ortiqcha shirinliklar iste’moli
Shakarning qanchalik zararli ekanligi va undan butunlay voz kechish zarurligi to‘g‘risida munozaralar o‘n yildan ko‘proq vaqtdan beri davom etmoqda. Ehtimol, yana davom etar. Ammo aytish kerak bo‘lgan aniq narsa shuki, shakarni me’yoridan ko‘p iste’mol qilish ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfini oshirish mumkin. Olib borilgan izlanishlarda har kuni shakarga o‘xshash dozani qabul qilgan sichqonlar tez orada ko‘krak bezi saratoniga moyilligini namoyon qilgan. Olimlar iloji boricha ortiqcha shakardan saqlanishni va mevalar tarkibida bo‘luvchi tabiiy shirani iste’mol qilishni tavsiya etadi.
Issiq ichimliklar tanlovi
Juda issiq choy yoki qahvani sevib ichuvchilar talaygina. Endi esa o‘ylab ko‘rish kerak, yaqinda “Xalqaro Onkologiya” jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, issiq ichimliklar iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni xavfini oshiradi. Issiq suyuqlik tufayli qizilo‘ngach devorlarida yuz beradigan tirnalish xususiyati oxir-oqibatda saraton kasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Tungi smenada ishlash
To‘liq aytganda, tunda ishlash va saraton xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadigan ko‘plab tadqiqotlar mavjud emas, ammo deyarli barcha izlanishlar buni tasdiqlagan. Olimlarning fikriga ko‘ra, ishning bu kabi rejimi immunitet tizimiga zarar yetkazadi va yallig‘lanish, natijada saraton rivojlanishi xavfini oshiradi. Imkon qadar tunlarni uyqusiz o‘tkazishdan voz kechish kerak.
O‘tirib ishlash rejimi
Harakatsiz turmush tarzi tanaga kuniga bir yoki ikki quti sigaret chekish kabi zarar yetkazadi. Harakatsiz odamlarning xavfli kasalliklar ro‘yxatida saraton kasalligi oxirgi o‘rindan ancha yuqorida o‘rin olgan. Sababi shundaki, harakat qancha kam bo‘lsa, kislorod qon oqimiga shuncha kam kiradi va qon oqimi sustlashadi, hujayralar esa kisolorodga ega bo‘lmaydi. Iloji boricha harakat talab etadigan faoliyat bilan shug‘ullanish kerak. Agar kasb o‘tirib ishlash bilan bog‘liq bo‘lsa, muntazam ravishda yengil mashqlar bajarishga vaqt ajratish lozim.
Ortiqcha vazn
Albatta, buni odat deb atab bo‘lmaydi. Ammo ortiqcha vazn qizilo‘ngach, oshqozon osti bezi, ichak, buyrak, qalqonsimon bez va ko‘krak saratoni kasalliklarining rivojlanish xavfi bilan bilan aloqador. Organizmdagi ortiqcha yog‘ tabiiy gormonal muvozanatni buzishi va yallig‘lanish, shuningdek, o‘sma paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan estrogen gormonini ishlab chiqarishni ko‘paytiradi.
Vitamin va qo‘shimchalar qabul qilish
Odatda oziq-ovqat qo‘shimchalari va vitamin komplekslari organizmdagi yetishmovchilikni to‘ldirish uchun ichiladi va bu to‘liq tibbiy tekshiruvdan so‘ng belgilanishi kerak. Ammo amalda odamlar o‘zlarining holatlaridan bexabar holda dozalarni belgilaydi va ko‘rsatkichlar darajasi ortib ketadi. Vitamin komplekslari dori vositasi emasligiga qaramay, ularni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak. Shifokor tavsiyasisiz o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik zarur.
Manba