“Batareya o‘tirdi”: Inson quvvatini o‘g‘irlaydigan 5 odat
Tayinli ish yoki yumush bilan shug‘ullanmasa ham kishi o‘zini lohas his qilishi bunga esa nafaqat stress, balki xayolga ham kelmagan boshqa odatlar sabab bo‘lishi mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Ish stolining tartibsizligi
Qanchalik g‘alati tuyilmasin, atrofingizdagi tartibsizlik energiyangiz va o‘zingizni his qilishingizga ta’sir ko‘rsatadi. Prinston universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotda, ish stolidagi ortiqcha narsa va buyumlar miyaga ta’sir qilishi, e’tibor va diqqatni chalg‘ishiga sabab bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek, oshxonadagi surunkali tartibsizlik ham jiddiy stress rivojlanishiga olib keladi.
Energetiklarga mukkasidan ketish
Tarkibida shakar mo‘l bo‘lgan energetiklar vaqtincha sizni energiya bilan ta’minlashi, biroz vaqt o‘tib esa odatdagidan ham ko‘proq bo‘shashishingizga sabab bo‘lishi mumkin. Bu xuddi energiyani kreditga olib keyin katta foizda qaytarish kerakligiga o‘xshaydi. Avvaliga keskin ko‘tarilgan qand miqdori keyinroq odatdagidan ham pasayadi.
Bukchayish
Energiyaga to‘la bo‘lishning eng oson yo‘li qomatni tik tutish hisoblanadi. Biofeedback jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda yozilishicha, kishining yurishi va qaddi qomatini tik tutishi energiya va depressiya darajasiga ta’sir qiladi. Ikki-uch soat davomida qaddini bukib, oyoqlarini sekin harakatlantirib yuradigan bo‘lsa, tushkun kayfiyat va uyqu bosishi kuzatilishi mumkin. Toza havoda faol sayr qilish, qo‘llarni harakatlantirib, qadni tik tutish esa aksincha, energiyaga to‘la bo‘lishga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham bo‘shashib, o‘zingizni energiyasiz his qilsangiz, qaddingizni tik tutish va ko‘proq jismoniy faol bo‘lishga harakat qiling.
Yetarlicha suv ichmaslik
Organizmning suvsizlanishi bosh og‘rishi, charchoqni his qilish, diqqat qilishga qiynalish hamda kognitiv vazifalarni bajarishda muammo kuzatilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kun davomida yetarlicha suv ichish va organizmning suvsizlanishiga sharoit yaratmaslik tavsiya qilinadi.
Vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qilmaslik
B guruhi vitaminlari, magniy va D vitaminining yetishmasligi energiyaning doimiy ravishda past bo‘lishining boisi hisoblanadi. Ratsioningizda ushbu moddalar yetishmasligidan shubhalansangiz qon tahlili topshirish va natijaga qarab taomnomaga o‘zgartirish kiritish kerak.
Manba