Salomatlik Salomatlik Ko‘z “uchgan”da nima qilish kerak?

Ko‘z “uchgan”da nima qilish kerak?

O'qildi: 1 227


Ko‘z “uchgan”da nima qilish kerak?

Ko‘z “uchishi”ni stress bilan bog‘lash aholi orasida ommalashgan sabablardan biri. Lekin aslida bunga beparvo bo‘lmaslik lozim.

Foto: “Argumenti i Fakti”

Asabiylashish va uyqusizlik

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, ko‘zning “uchishi” bu — ko‘z mushaklaridagi asab tolalarining haddan tashqari zo‘riqishi oqibatida yuzaga keladigan spazm holati hisoblanadi. Ko‘z “uchishi”ning eng ko‘p uchraydigan sababi – haddan ortiq charchoq va stressdir. Agar bunday holat birinchi marta sodir bo‘layotgan bo‘lsa, rejimga rioya qilish, yetarlicha uxlash va stress darajasini kamaytirib, ortiqcha ishlamaslikka harakat qilish kerak. Boshqacha qilib aytganda, ko‘z “uchishi” – bu organizm namoyon qilayotgan belgilardan biridir. Demak, stressdan xalos bo‘lish va sog‘liqqa ko‘proq e’tibor qaratish vaqti keldi.

Me’yoridan ortiq qahva ichish

Foto: “Domashniy ochag”

Sabablardan yana biri – kofeinni ortiqcha iste’mol qilishdir. Maslahat esa oddiy, odatdagi ratsionga foydali mahsulotlar qo‘shish va qahva, choy, gazli ichimliklar va shokolad miqdorini kamaytirish kifoya.

Vitamin yetishmasligi

Foto: Food&Mood

D vitamin hamda magniy yetishmasligi natijasida mushaklar to‘liq bo‘shashmaydi, ular doimo bosimda bo‘ladi. Shuning uchun uyquda ko‘proq tomir tortishishi yoki ko‘zlar “uchishi” mumkin.

Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi

Bu eng kam uchraydigan sabab bo‘lib, bemorda ko‘z “uchishi” bilan birgalikda ilgari ham qalqonsimon bez faoliyati bilan muammolar yuz bergan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki bu gipertireozning alomati bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda gormon darajasi oshib, organizmga toksik ta’sir o‘tkazishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.