Bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqaruvchi omillar
Bachadon bo‘yni saratoni va uni keltirib chiqaruvchi virus juda xavflidir. Ammo oddiy qoidalarga rioya qilish orqali ushbu kasallikdan o‘zingizni himoya qilishingiz mumkin.
Foto: MedicalKasallik kelib chiqishining asosiy sabablari
Bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqaradigan sabablar qatoriga quyidagilar kiradi: tana a’zolari jarohati, jinsiy tizimdagi yallig‘lanishlar, abort, erta boshlangan jinsiy hayot va xavfli infeksiyalar. Ammo, taxminan, 99 foiz hollarda asosiy sabab — odam papilloma virusidir(OPV).
OPV bu — asosan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan eng keng tarqalgan infeksiya. Ushbu virusning 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning o‘n to‘rttasi saratonga olib kelishi mumkin.
Mavzuga doir: Organizmda saraton xavfining oshishiga sabab bo‘ladigan “beozor” odatlar
Manba