Salomatlik Salomatlik Tana harorati yuqorimi? Shifokorga murojaat qilish vaqti kelganining 8 belgisi (foto)

Tana harorati yuqorimi? Shifokorga murojaat qilish vaqti kelganining 8 belgisi (foto)

O'qildi: 268


Tana harorati yuqorimi? Shifokorga murojaat qilish vaqti kelganining 8 belgisi (foto)

Yuqori tana harorati yoqimsiz bo‘lsa-da, foydali hamdir. Aynan isitma tufayli tana virus va bakteriyaga qarshi kurashishga urinadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Ammo ba’zi hollarda yuqori tana harorati shifokorga murojaat qilishning vaqti kelganidan darak beradi. Albatta, buni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.

Uzoq muddatli yuqori harorat

Agar tana harorati uch kun davomida 38 darajadan oshgan bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Ehtimol, bu tanada infeksiya paydo bo‘lgani va buning uchun antibiotiklar kerakligidan darak bo‘lishi mumkin.

Qorinning pastki o‘ng qismida og‘riq

Ushbu sohadagi og‘riq shifokor ko‘rigi uchun majburiy sababdir. Mutaxassislar hech qanday holatda og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan holatni to‘xtatishni maslahat bermaydi. Ammo og‘riq bilan birgalikda isitma kuzatilsa, shoshilinch tez yordam chaqirish kerak. Balki bu ko‘richak bo‘lishi ham mumkin.

Belda og‘riq va qon aralash peshob

Peshob vaqtida tos va  belda og‘riq hamda qon, shuningdek, isitma bo‘lsa, darhol tibbiy ko‘rikdan o‘tish zarur. Ushbu alomatlar peshob chiqarish tizimida rivojlanayotgan infeksiyadan ogohlantirishi va jiddiy choralar talab qilishi mumkin.

Tomoq og‘rig‘i

Endilikda tomoq og‘rig‘ini dori vositalari yordamida davolash mumkin. Ammo yuz yil avval odamlar aynan ushbu kasallikdan ham vafot etgan. Shuning uchun ham tomoq og‘rig‘ida kuzatiladigan yuqori tana harorati, shuningdek, ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘ini jiddiy qabul qilish kerak.

Oshqozon buzilishi

Bu ovqatdan zaharlanish, Kron kasalligi, oshqozon yarasi kabi kasalliklar alomati bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallikning barchasi diareya va suvsizlanishni keltirib chiqaradi, natijada tana harorati ortadi. Shuning uchun ham shifokorga borish va ovqat hazm qilish tizimini tekshirtirish zarur.

Tromb

Tananing yuqori harorati qonda tromb paydo bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin. Shuningdek, isitma yurakning tez urishi va nafas qisilishi bilan kechadigan bo‘lsa, juda xavflidir. Ammo ushbu alomatlar bo‘lmasa ham, oyoqlarda shish paydo bo‘lganini tekshirib ko‘rish lozim.

Bo‘g‘imlarda og‘riq

Sababsiz isitma artrit tufayli kelib chiqishi ham mumkin, ayniqsa, revmatoidda. Ushbu kasallikni keltirib chiqaradigan yallig‘lanish jarayoni isitma ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, erta tongda tanada kuchli og‘riq yuz beradi.

Nafas qisilishi va charchoq

Nafas yetishmovchiligi, og‘ir charchoq yuqori isitma bilan birga kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur. Ehtimol, bu pnevmoniya belgilari bo‘lishi mumkin. Pnevmoniyada kislorod qonga oz miqdorda yetib boradi va yurak bilan miya doimgidek ishlashda qiyinchilikka uchraydi. Agar ushbu alomatlarga qo‘shimcha ravishda yo‘tal va ko‘krak sohasida og‘riq paydo bo‘lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.