Yog‘larni eritish xususiyatiga ega bo‘lgan 3 tabiiy mahsulot
Ortiqcha vazn salomatlik, xususan, yurak-qon tomir uchun xavfli hisoblanadi. Turli kasalliklar yoki ko‘rinish bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun esa ratsiondagi mahsulotlarga e’tiborli bo‘lish kerak.
Foto: ElleQahva
Qahva yog‘larni erishiga hissa qo‘shadigan kofeinni o‘z ichiga oladi. Milliy biotexnologiya axborot markazining tadqiqotlarida, kofein metabolizmni 16 foizga jadallashtirishi va bu 1-2 soat davom etadi. Sport bilan shug‘ullanish bilan birga hafta davomida qahva ichish sezilarli samara beradi. Qizig‘i shundaki, kofein yog‘ hujayralarini energiyaga aylantirib, vazni u qadar ortiq bo‘lmagan odamlarga ko‘proq ijobiy ta’sir qiladi, semiz odamlarda esa bu jarayon sekinroq bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan tana kofeinga o‘rganib qoladi, undan qochishning eng yaxshi usuli bir hafta ichida qahvadan voz kechish. Nojo‘ya ta’sirini ham inkor qilib bo‘lmagani uchun qahvani me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik kerak.
Oqsilga boy mahsulotlar
Lipoliz, ya’ni metabolizm jarayonini jadallashtirishga hissa qo‘shadigan oqsilning ratsionda mo‘l bo‘lishi qorinni to‘q tutadi, mushaklarning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. 1999-yilda vazn ortishi muammolarini o‘rganuvchi International Journal of Obesity ilmiy jurnalida, 60 ta ishtirokchi qatnashgan tadqiqotda vazni ortiq kishilarga oqsilli parhez oqsilsizidan ko‘ra yaxshi samara berishi aniqlangan. Aynan shu sabab ham ratsionda oqsil bo‘lishiga e’tibor qaratish yoki nonushtaga tuxum iste’mol qolish tavsiya qilinadi.
Ko‘k choy
Tarkibida deyarli kaloriya bo‘lmagan, ammo organizmdagi yog‘ni eritish xususiyatiga ega mahsulotlardan yana biri ko‘k choy sanaladi. Ko‘k choy ekstrakti xolesterin va qon bosimini me’yorga keltiradi, katexinlar esa yog‘ to‘planishining oldini oladi. Aslida ko‘k choy yog‘larni eritmaydi, uning to‘planishiga xalal beradi. Shu bilan birga, teri ostidagi yog‘ hujayralari miqdorini kamaytiradi.
Manba