Salomatlik Salomatlik Xatarli alomatlar: Dermatolog qabuliga yozilish uchun 7 sabab

Xatarli alomatlar: Dermatolog qabuliga yozilish uchun 7 sabab

O'qildi: 318


Xatarli alomatlar: Dermatolog qabuliga yozilish uchun 7 sabab

Nafaqat teri, balki tirnoq va soch bilan bog‘liq har qanday muammo ham dermatologga borish uchun bahona bo‘la oladi.

Foto: Marie Claire

Shubhali xollarning paydo bo‘lishi

Melanoma bilan kasallangan kishilar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Kasallikni davolash va bemor hayotini saqlab qolish uchun esa tashxis qancha erta qo‘yilsa, shuncha yaxshi. Shu sabab ham quyidagilar kuzatilsa, shifokorga borishni kechga qoldirmaslik kerak:

  • ko‘z, teri va soch rangining ocharishi;
  • quyosh nuridan bir zumda qorayish;
  • quyosh vaqti ko‘p yurish yoki quyosh vannasida ko‘p bo‘lish;
  • qarindoshlarda melanoma va terining turli saratonlari aniqlanganda;
  • tanada boshqalaridan shakli, rangi va kattaligi farq qiladigan xol va o‘smalar paydo bo‘lishi;
  • xollarning 30 yoshdan keyin paydo bo‘lishi, dermatolog shifokor ko‘rigidan o‘tishga sabab bo‘la oladi.
Terining qichishi

Ko‘pincha dermatit, ekzema, temiratki yoki organizm uchun turli xavf keltirib chiqaradigan boshqa kasalliklar bilan kechadigan qichima nafaqat allergik, balki onkologik kasalliklardan ham darak berishi mumkin. Shuningdek, qichima asab tizimi bilan bog‘liq muammolar sabab ham kelib chiqishi mumkin.

Teriga toshma toshishi

Teriga dog‘ yoki boshqa ko‘rinishdagi toshma toshishi va uzoq vaqt davomida ham o‘tib ketmasligi terining onkologik kasalliklariga xos simptom bo‘lishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi

Og‘izdagi yaralar jiddiy kasalliklardan biri bo‘lgan pemfigusdan dalolat berishi, shifokorlar esa tashxis qo‘yishga yanglishishi mumkin. Qolaversa, oshqozon-ichak trakti va onkologik kasalliklar ham yara paydo bo‘lishining sababi bo‘lishi mumkin.

Ter ajralishining ko‘payishi(gipergidroz)

Ter ajralishining ko‘payishi nevrologik, gormonal va qalqonsimon bez kasalliklari sabab ham kuzatilishi mumkin.

Tirnoqlarning o‘zgarishi

Tirnoqlarning yupqalashishi, shaklining o‘zgarishi vitamin va minerallar tanqisligi va zamburug‘, jigar, buyrak hamda oshqozon-ichak, autoimmun kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Soch to‘kilishi

Me’yorda odamda bir kunda o‘rtacha 100 tola soch to‘kiladi. Odatdagidan ko‘proq to‘kilishi esa qalqonsimon bez,autoimmun kasalliklari, vitamin tanqisligi va ayrim dori vositalarini uzoq vaqt davomida qabul qilish bilan aloqador bo‘lishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.