Salomatlikni saqlash uchun 30 yoshdan keyin qaysi mahsulotlardan tiyilish kerak?
Salomatlik bilan bog‘liq muammolarga paydo bo‘lishining oldini olish uchun 30 yoshdan keyin qanday mahsulotlarni ratsiondan chiqarib tashlash kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: Harper’s BazaarHafta davomida qovurilgan mahsulotlarni to‘rt martadan ko‘p iste’mol qilish oshqozon yarasi, qon bosimi va vazn ortishini keltirib chiqaradi. Parhezshunoslarning aytishicha, 30 yoshdan keyin metabolizm yomonlashishi va kollagen ishlab chiqarilishining sekinlashishi erta ajin paydo bo‘lishiga olib keladi.
Tozalangan uglevodli mahsulotlar, margarin, yog‘ va qayta ishlangan go‘shtlardan esa 30 yoshga qadar ham tiyilish kerak. Yurak-qon tomir kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkinligi uchun esa tarkibida natriy va tuz bo‘lgan mahsulotlarni iloji boricha kamroq iste’mol qilish lozim.
Foto: Harper’s BazaarShakar va shira ta’mini beruvchi moddalar qo‘shilgani sabab esa yog‘siz mahsulotlar ham ro‘yxatdan o‘rin olgan.
Shakar esa yurak, qandli diabet, osteoporoz va Alsgeymer kasalliklarini kelib chiqish xavfini orttiradi. Aynan shu sabab ham gazlangan ichimliklar o‘rniga ko‘proq suv ichish va sport bilan shug‘ullanish kerak.
Manba