Salomatlik Salomatlik Quyosh urganda yordam beradigan 6 tavsiya

Quyosh urganda yordam beradigan 6 tavsiya

O'qildi: 296


Quyosh urganda yordam beradigan 6 tavsiya

Yozda ko‘pchilik odamlar aksariyat vaqtini ko‘chada o‘tkazadi, sohil yoki dam olish maskanlarida quyosh nurida toblanadi. Bu vaqtda terining kuyishiga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Freepik

Vanna qabul qiling

Vannani sovuq suv bilan to‘ldiring, terida yallig‘lanish qo‘zg‘atmasligi uchun sovundan foydalanmang. Zarur bo‘lsa, bolalar sovunidan foydalaning.

Terini tinchlantiring

Muz kubiklarini teriga surting yoki muzdek suv bilan ho‘llangan sochiqdan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Terining eng issiq qismiga sovuq kompress qo‘ying. Yoningizda muz bo‘lmasa, muzlatkichdagi istalgan mahsulotni yupqa matoga o‘rab foydalansangiz bo‘ladi. Ko‘z atrofidagi teri kuygan bo‘lsa, muzdek suvga solingan choy paketi yaxshi samara beradi.

Vositalardan to‘g‘ri foydalaning

Kuyishda ishlatiladigan va tarkibida gidrokartizonli istalgan maz bu borada sizga yaxshi yordam beradi.

Suv iching

Suv ichishni kanda qilmaslik chanqov hissini qondirib, terining qurib qolmasligidyaxshi yordam beradi. Tarkibida suv bo‘lgan meva va sabzavotlar iste’mol qilish ham yaxshi samara beradi.

Terini namlantiring

Terini namlantiruvchi istalgan kremni surting. Aloy o‘simligidan ham foydalanishingiz mumkin. Buning uchun kuygan teriga o‘simlik sharbatini surting.

Yumshoq to‘shak

Kuygan terining og‘rig‘i qattiq joyda yotganda yanada zo‘rayishi mumkin. Shuning uchun bunday paytda yumshoq to‘shakdan foydalaning.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.