Salomatlik Salomatlik Yurak qattiq urganda qanday yo‘l tutish kerak?

Yurak qattiq urganda qanday yo‘l tutish kerak?

O'qildi: 286


Yurak qattiq urganda qanday yo‘l tutish kerak?

Yurak atrofida og‘riqning paydo bo‘lishi ko‘plab kasallikning natijasi bo‘lishi mumkin. Bu kabi noqulaylikning asosiy sababi salomatlikka e’tiborsizlikdan kelib chiqadi. Shu tufayli o‘z vaqtida ko‘rilgan chora inson hayoti va salomatligi uchun foydalidir.

Foto: “wday.ru”

Yurakda og‘riq paydo bo‘lganda nima qilish kerak?

Birinchidan, ortiqcha tashvishlanishni to‘xtatish kerak, barcha narsani xotirjamlik bilan hal qilishga harakat qilish zarur. Kardiologiyada yurak sohasidagi og‘riq ikkiga bo‘linadi: kardialgiya va anginoz. Birinchi yordamni berish uchun avval og‘riq qaysi toifaga kirishini aniqlab olish muhim.

Kardialgiya

Kardialgiyada og‘riq sindromi ko‘pincha yurakdan kelib chiqadigan kasallikning natijasidir. Bularga osteoxondroz, nevrologik kasalliklar, oshqozonda anormallik, vegativ-qon tomir distoni, ayollarda menopauza va boshqalar kiradi.

Kardialgiyada og‘riqlar simillagan, sanchiq yoki achishtiruvchi bo‘lishi mumkin. Ushbu og‘riqlar nitroglitserin va boshqa yurak dori-darmonlari bilan bartaraf etilmaydi.

Xurujlar ko‘pincha kuchni yo‘qotish, terlash, ko‘zlarning jimirlashi va qon bosimini pasayishi bilan birgalikda kuzatilishi mumkin.

Yurak og‘riganda uy sharoitida nima qilish kerak?

Birinchi o‘rinda bemor o‘zini tinchlantirishi kerak. Xonaga toza havo kirishini ta’minlash, bemor ko‘ylagining tugmasi ochilishi kerak. Nafas olish va harakatga xalaqit beradigan liboslarni yechib tashlash zarur. Tinchlantiruvchi dori vositalarini qabul qilish mumkin.

Agar xuruj birinchi marta sodir bo‘lsa, nitroglitserin qabul qilmaslik yaxshiroqdir. Bunday vaqtda kuchli dori-darmonlar iste’moli vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin. Ikkinchi talab qilinadigan harakat, albatta, shifokorni chaqirish. Faqatgina mutaxassis og‘riqning asl sababini to‘g‘ri baholaydi. Shuningdek, yetarli darajada yordam ko‘rsatadi. Bunday paytda yurak og‘rig‘ini e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.

Anginoz og‘riqlar

Anginoz og‘riqlar yurak-qon tomir tizimining jiddiy patologiyalarini ko‘rsatadi. U yurakda kuchli bosim, siqish, yonish hissini paydo qiladi. Agar yurakda shu kabi og‘riqlar paydo bo‘lsa, shoshilinch tez yordam chaqirish zarur va bungacha quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirish zarur:

  • Harakatni darhol to‘xtatish, o‘tirish yoki yotish lozim.
  • Nitroglitserin yoki uning o‘rnini bosuvchi dori vositasini til ostiga tashlash va dori vositasini yotgan holda ichish kerak.
  • Agar og‘riq 5 daqiqada to‘xtamasa, yana bitta tabletka ichish mumkin.
Nitratlarni qabul qilishda dori dozasini shifokor bilan maslahatlashish zarur. Shuningdek, xuruj paytida shifokor bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib turish tavsiya etiladi.

Ushbu og‘riqni bartaraf etish uchun korvalol yoki valokordin qabul qilish noo‘rin. Chunki dorilar faqat tinchlantiradi, ammo yurak xurujlarini yengillashtirmaydi.

Ko‘krak qafasidagi o‘tkir og‘riq ko‘pincha yurak xuruji bilan adashtiriladi. Ko‘krakning chap qismida noqulaylik paydo bo‘lganda bemorlar ko‘pincha yurak muskullarini siqilishidan shubha qilib, terapevt yoki kardiologga murojaat qiladi. Og‘riqlar ko‘krakning yarmida joylashadi, uning markazida bo‘lmaydi. Qoida tariqasida og‘riqlar jismoniy kuchdan so‘ng paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, og‘riq qonda infeksiyaning asorati sifatida paydo bo‘lishi va keyinchalik surunkali holatga o‘tishi ham mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.