Xolesterin bilan bog‘liq hamma bilishi kerak bo‘lgan 7 ta fakt
Xolesterin miqdori oshgani sezilmagani bilan befarq bo‘linsa, salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Salomatlik uchun xolesterin qanchalik kerak?
Xolesterin yangi hujayra va to‘qimalarning tashkil topishida muhim rol o‘ynashi bilan ahamiyatli. Qolaversa, xolesterin gormon va vitaminlar sintezida ishtirok etadi, immun tizimining me’yorda ishlashiga hissa qo‘shadi. Xolesterinsiz yoki uning miqdori haddan ortiq kam bo‘lishi kasallik, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.
Xolesterinning haddan ortig‘i xavfli bo‘lishi mumkin
Xolesterin organizmda bisyor bo‘lganda qon tomirlarda “blyashka”lar paydo bo‘ladi va buning hisobiga hujayra va a’zolar qon hamda kislorod bilan yetarlicha ta’minlanmaydi. Xolesterin ko‘payishining yana bir salbiy oqibati qon tomirlarda tromb paydo bo‘lishi hisoblanadi.
Xolesterinning “yaxshi”si ham “yomon”i ham bo‘ladi
Hujayra va a’zolarga yetib borishi uchun xolesterin organizmda yog‘ va oqsillar bilan birikib — lipoprotein hosil bo‘ladi. Aynan mana shu lipoprotein xavfli yoki foydali bo‘lishi mumkin. “Yaxshi”sida lipoprotein yuqori zichlikda, “yomon”ida esa kam zichlikda bo‘ladi. Salomatlikda muammo bo‘lmasligi uchun “yomoni”ning miqdori oshib ketmasligiga e’tibor qaratish kerak.
“Yomon” va “yaxshi” xolesterinning xavfsiz miqdori
Kam zichlikdagi lipoprotein uchun 190 mg/dl me’yor hisoblanadi. Bunday baland ko‘rsatkichda darhol zarur choralarni ko‘rish kerak. “Yaxshi” xolesterinda esa hammasi boshqacharoq — 40 mg/dl dan kamayib ketmasligini nazorat qilib turish lozim.
Xolesterin miqdori ko‘payib ketganini faqat qon tahlili orqali aniqlasa bo‘ladi
Afsuski, qondagi xolesterin miqdorini oshganini aniqlash mumkin bo‘lgan tashqi simptomlar deyarli mavjud emas. Ko‘z atrofida ba’zida paydo bo‘ladigan sarg‘ish dog‘lar yagona belgi hisoblanadi, ammo bu ham 100 foiz aniq bo‘lmagani uchun yilda bir marta xolesteringa qon tahlili topshirish kerak bo‘ladi.
Xolesterin miqdorining ortishi har doim ham noto‘g‘ri ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmaydi
“Yomon” xolesterin miqdori ko‘tarilishiga yog‘li ovqatlanishdan tashqari quyidagi omillar ham ta’sir qilishi mumkin:
- vazn ortishi;
- kam harakatlilik;
- ikkinchi turdagi qandli diabet;
- gipotireoz;
- ayollarda menopauzadan keyingi davr;
- surunkali buyrak yetishmovchiligi;
- giperxolesterinemiya — kam zichlikdagi lipoproteinning qondan doimgidan sekin yo‘qolishi(nasliy bo‘lishi mumkin).
Buning uchun hayot tarzini o‘zgartirish, parhez qilib, jismoniy faol bo‘lishning o‘zi yetarli. Har gal 4 kilo vazn tashlanganda xolesterin 8 foizga kamayishini e’tiborga oling.
Manba