Xavfli go‘zallik: olimlar kosmetika vositalari tarkibidan toksik moddalarni aniqladi
Indianadagi Notr-dam universiteti olimlari AQSh va Kanadada sotiluvchi 200 dan ortiq mashhur kosmetika vositalarini sinovdan o‘tkazib, ularning aksariyatidan xavfli kasalliklarni rivojlantirishga bog‘liq yuqori darajadagi toksik moddalar borligini aniqlagan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Foto: PixabayNatijalarning ko‘rsatishicha, tonal kremi va ko‘zlar uchun mahsulotlarning 56 foizida, lab bo‘yoqlarining 48 foizida va kiprik uchun tushlarning 47 foizida yuqori darajadagi ftor aniqlangan bo‘lib, bu per va poliftoralkil vositalaridan(PFAS)foydalanilganini ko‘rsatadi.
Birinchi navbatda, ushbu guruhga “barqaror” va “yuvilmaydigan” vositalar kiritilgan(odatda PFAS suvga bardoshlilik va plyonka hosil bo‘lishini oshirish uchun qo‘shiladi). Ta’kidlanishicha, iste’molga ta’sir xavfi va sanoatning ko‘lami hisobga olinadigan bo‘lsa, mazkur natijalar alohida xavotirni yuzaga keltiradi.
PFAS — qon oqimiga tushib, organizmda to‘planib qoladigan juda barqaror kimyoviy vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, bu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish va utilizatsiya qilishda atrof-muhitga yetkaziladigan zararlar xavfi ham mavjud.
PFAS’dan kosmetikadan tashqari, erimaydigan idish-tovoqlarda, maxsus qoplamali matolar va fast-fud qadoqlarida foydalaniladi. Ular tabiiy usulda parchalanmaydigan “abadiy kimyoviy vositalar” sifatida ma’lum.
PFAS’ning aniqlanishiga oid tadqiqotlar uni saraton, gipertoniya, qalqonsimon bez kasalliklari va bolalarda tug‘ma nuqsonlarning rivojlanishiga bog‘laydi. E’tiborli jihati, PFAS-modda aniqlangan barcha mahsulotlarning faqat bittasining qadog‘ida u haqida ma’lumot keltirilgan.
Mavzuga doir: Yoz mavsumiga mo‘ljallangan 7 ta tonal krem
Manba