Qanday kasalliklar nasldan o‘tishi mumkin?
Xavfli kasalliklarning kelib chiqishiga nafaqat noto‘g‘ri turmush tarzi, nosog‘lom ovqatlanish, balki boshqa tashqi omillardan tashqari irsiyat ham sabab bo‘lishi mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Oilangizda saraton bilan kasallanganlar bo‘lganmi?
Saraton har uchinchi odamda uchrashi mumkin bo‘lib, 10-15 foiz holda bunga genetik moyillik bo‘lishi mumkin. Oilada aksariyat holda saratonning bir turi, masalan oila a’zolaringizdan uch nafar yoki sizga yaqin qarindoshingiz ushbu melanomaga duch kelgan bo‘lsa, ushbu muammoning rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, tuxumdonlar, ko‘krak, bachadon va ichaklar saratoni ham irsiy moyillikka bog‘liq bo‘lishi mumkin. 50 yoshgacha sizda qandaydir saraton rivojlangan bo‘lsa, ushbu xavf oila a’zolaringiz ham ushbu xavfga duch kelishi mumkin.
Muhim!
Jismoniy mashqlar ko‘krak va ichaklar saratonini kelib chiqish ehtimolini kamaytiradi. Agar parhezga rioya qilinsa ichaklar saratonining kelib chiqish ehtimoli sezilarli darajada kamayadi. Sabzavot, meva va ko‘katlar iste’mol qiling, vazningiz oshib ketmasligiga e’tibor qarating. Shifokordan saratonning dastlabki simptomlarini mustaqil ravishda qanday qilib aniqlash mumkinligi haqida so‘rang. Genetik shifokorga murojaat qiling, profilaktik choralar ko‘ring.
Onangizda tos suyagining sinishi bo‘lmaganmi?
Suyaklarning mo‘rtlashishini keltirib chiqaradigan osteoporoz har uchinchi ayol va har yigirmanchi erkakda uchraydi. 80 foizi hollarda bu genetik bo‘lishi mumkin. Sizning ota-onangizda bo‘lgan kasallik sizda ham kuzatilishi ehtimoli yuqori, ammo to‘g‘ri ovqatlanish va mashqlar bilan buning oldini olish mumkin.
Muhim!
Kalsiy va D vitaminiga boy mahsulotlardan iborat parhezga rioya qiling. Tuz, chekish va ichishdan cheklaning. Aerobika yoki boshqa jismoniy faoliyat bilan shug‘ullaning.
Ota-onangizda qandli diabet bo‘lganmi?
Oilangizda ikkinchi turdagi qandli diabet bilan kasallanganlar bo‘lsa, siz xavf guruhidasiz. Ammo sport bilan shug‘ullanib, 10-15 foiz vazn tashlansa kasallikning rivojlanishining oldi olinadi.
Muhim!
Vazningizni nazorat qiling. Vazn ortishi organizmda insulinning jadalligini kamaytiradi. Chanqash, tez charchab qolish, qichish va ko‘z oldining qorong‘ilashishi singari simptomlarga befarq bo‘lmang.
Oila a’zolaringiz orasida 55 yoshgacha infarkt bo‘lganlar bormi?
Kelib chiqishiga bosha omillar sabab bo‘lishi mumkinligiga qaramay, naslda bo‘lsa. rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Ayniqsa yaqinlaringiz 55-65 yosh oralig‘ida infarkt bo‘lgan bo‘lsa, xavf yuqori bo‘ladi. Yer yuzidagi har besh yuzinchi odam giperxolesterinemiyadan aziyat chekadi va aynan shunday qonida xolesterin ko‘p bo‘lgan bemorlar 40 yoshga kirmasidan ham avval yurak xurujiga duch keladi.
Muhim!
Yog‘li, sho‘r taom va chekishdan voz keching. Ko‘proq meva, sabzavot iste’mol qiling, jismoniy faol bo‘ling.
Qon bosimini nazorat qilib turing
Oilangizning kamida uch avlodini kasallik tarixini o‘rganing. Yaqinlaringizning tug‘ilgan sanasi va vafot etganlarning o‘lim sanasi bilan sababini yozing. Jiddiy kasalliklar: saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, gipertoniya, xolesterin ko‘pligi va ruhiy kasalliklarga e’tibor qarating. Surunkali kasalliklar: allergiya, ko‘rish qobiliyatining susayishi va glaukomani ham nazardan chetda qoldirmang. Shajaraning daraxt ko‘rinishidan foydalanish bu borada sizga yaxshi yordam beradi. Shifokor maslahatisiz xulosa qilishga shoshilmang.
Manba