Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish: usullari, tavsiyalar, ayollar psixologiyasini o'rganish
O'qildi: 429
«Qanday qilib jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish mumkin» degan savolga berilayotgan ko’plab erkaklar bir narsaga ishonishadi — jinsiy aloqa qanchalik uzoq davom etsa, ayolning ko’zlarida jinsiy gigantlardek e’tibor qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi.
Xo’sh, ayollar bunga qanday qarashadi? «Jinsiy aloqa sifati» deganda ular nimani tushunishadi — faqat uning davomiyliginimi? Yashirishga hojat yo’q — «necha marta?» va «qancha vaqt?» degan savollar odatda erkaklarning suhbatlarida ko’p o’rtaga tashlanadi. Xonimlar sumkalar, chegirmalar va boshqa yoqimli narsalar haqida suhbalashayotgan bir paytda, ularning turmush o’rtoqlari va juftlari juda ham muhim masalalarni muhokama qilishayotgan bo’ladi. Va jinsiy aloqalar soni va davomiyligi muammolari bu savollar ro’yhatida oxirgi o’rinlarda turmaydi, ayniqsa erkaklar hali yosh bo’lishsa va va jinsiy hayotni hali yaqin o’rtada yakunlash rejasi bo’lmasa. Asosan, albatta, ular maqtanish uchun «rekordni urish» ga emas, balki suyukli yorlarini maksimal qoniqtirishga harakat qilishadi. Biroq kimdir ayollarning o’zidan buni so’raganmi? Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish uchun nima qilish kerak? Ehtimol, ularga ko’p soatli jinsiy aloqaga kerak emasdir.
Birinchi qoida. Ayollar uchun jinsiy aloqa — munosabatlarning mantiqiy davomidir. Agar siz uni tushki vaqt xafa qilgan bo’lsangiz, u kechqurun siz bilan ehtimol aloqa qilishni istamaydi. Shuning uchun mavjud kelishmovchiliklarni kunning birinchi yarmida aniqlashtirib oling, qarabsizki, kechga yaqin yarashib olishga ulgurasiz.
Ikkinchi qoida, har bir kishi biladi, lekin javobgar daqiqada ko’pincha unutadi — ayol quloqlari bilan sevadi. U bilan muloyim bo’ling, unga qanday chiroyli (go’zal, betakror) ekanligini aytib turishdan charchamang. Ayollar romantikani sevadilar. Agar siz qizil yelkanli yaxta tashkillashtira olmasangiz ham, hech bo’lmaganda, bitta guldasta, yumshoq o’yinchoq yoki boshqa yoqimli narsa sotib olishga qurbingiz yetadi. Ko’rasiz — u buni qadriga yetadi.
Uchinchi qoidani hamma biladi. Erkalashlarga (prelyudiya) beparvo bo’lmang, ayniqsa, agar sizning juftingiz shahvoniy lazzatlarni endi kashf qila boshlayotgan bo’lsa. Ayol qancha yosh bo’lsa, unga muhabbatning hissiy tomoni fiziologiyadan ko’ra muhimroqdir. Bu, albatta, agar sizning yoringiz tajribali ayol bo’lsa, erkalashni o’tkazib yuborishingiz mumkin degani emas.
To’rtinchi qoida. Erogen zonalarni qidirishni to’xtatmang, ularni stimulyatsiya qilish sizning yoringiz ehtirosini oshiradi. Tajribali erkaklar bilishadi: quloqlarning yumshog’ini yengil tishlash, qorinning pastki qismini siypalash yoki umurtqa bo’ylab qo’lni ohista o’tkazish ayollarni ehtiroslantiradi. Boshqalarida esa ehtiros ko’krakni silash natijasida uyg’onadi. Siz mashhur G nuqtani topa olmasangiz ham, harakatlaringiz behuda ketmaydi.
Beshinchi qoida: ayollar erkaklardan kam emas, ba’zida esa ko’proq, jinsiy monotoniyaga (bir xillikka) toqat qilmaydilar. Ular tajribalarga, kutilmagan jinsiy aloqalarga, yangi holatlar va kutilmagan joylarga tayyor. Buni yodda saqlang va o’z fantaziyalaringizni amalga oshirish uchun ularni hamrohingizga taklif qilishdan qo’rqmang. Har qanday holatda, ayollar qanday jinsiy aloqani xohlashi va yotoqda ayollarni maksimal darajada qondirish usullarini bilish uchun imkon qadar tez-tez sevgi bilan shug’ullanishga harakat qilish kerak. Bu masalada, har qanday ishda bo’lgani kabi, tajriba amaliyot bilan kela boshlaydi.
Manba
Ayollar nimani xohlaydi
Turmush o’rtog’ingiz uchun jinsiy aloqaning qancha davom etishi maqbul sanalishi, ayolni jinsiy aloqada qoniqtirish sirlarini aniqlash uchun nima qilish kerakligini qanday bilib olish mumkin? Buni to’g’ridan-to’g’ri so’rab bo’lmaydi. Masala soxta uyatda emas albatta — nima tabiiy bo’lsa, u uyat emas. Shunchaki bu savolga samimiy javob olish biroz mushkul. Bundan tashqari, 5 yildan buyon yoshingiz nechi degan davolga bir xil son bilan javob beradigan va jinsiy aloqada qoniqishga shu daraja taqlid qiladigan ayoldan umuman rostgo’ylikni kutib bo’larmidi? Yaxshiyamki, nozik jins vakillari o’z sirlarini baham ko’radigan onlayn forumlar mavjud. Jinsiy aloqada ayollarga nima yoqishini ko’rib chiqamiz va nima qilsa ular taqlid emas, balki haqiqatda lazzatni his qilishlari mumkinligini o’rganamiz.Biz bir qator ma’lumotlarni qo’lga kiritdik.
22 yoshli ayol mana bunday fikr qoldirgan: «Menga uzoq davom etsa yoqmaydi, keyin hamma hislarim buziladi. Undan ko’ra qisqaroq, lekin tez-tez bo’lib turgani yaxshi!» Mana yana bir juda aqlli yondashuv: «O’ttiz daqiqa bo’lsa yomon bo’lmasdi. Ammor real nazar solsak, ehtimol, 10-15 daqiqa bo’ladi. Ammo hama narsa yaxshi bo’lsa va siz hayotning mazmunini tushunib yetgandek bo’lsangiz, kim ham daqiqalarni sanab o’tiradi?» Hamma erkaklarning bunday aqlli jufti bo’lsa edi! Ayollar o’z juftlariga yon berishi va ularga moslashishini isbotlaydigan bir fikr: «Bir erkak o’zi uchun qirq daqiqa davom etadigan jinsiy aloqani uyat deb bilar edi. Shuning uchun, tushunib turganingizdek, har bir intim aloqa marafonga aylanib ketardi. Bu ham yomon emas!» Bu xonimning hamrohining baxti chopgan ekan: aftidan, bu ayol nafaqat taklif qilingan o’yin qoidalarini qabul qilishga tayyorligi, balki chidamliligi bilan ham ajralib turadi.Bilib oling: ayollar asosan cheksiz davom etadigan «marafonni» hush ko’rishmaydi, aksincha, aloqalar soni bir nechta bo’lishini afzal bilishadi, mayli ularning davomiyligi rekord darajada bo’lmasa ham.
Yana qoldirilgan bir sharhga nazar: «Menga 3-4 marta 10-15 daqiqadan yoqadi. Erkalashlar bilan jami bir yarim soatlarcha vaqt ketadi. Oddiy va yoqimli:)». Haqiqatan ham yomon emas, ayniqsa, bu jinsiy shifokorlarning jinsiy hayotga yetarlicha tez-tez amal qilish haqidagi maslahatiga mos keladi.Eng muhimi, to’g’ri yondashuv
Xo’sh, ayollar qanday jinsiy aloqani xohlaydi? Erkaklar va ayollar bir-biridan juda farq qiladigan jonzotlar ekanligini unutmaylik. Agar sizda «jinsiy aloqada ayolni qanday qondirish mumkin» degan savol bo’lsa, siz ayollar psixologiyasining ba’zi xususiyatlarini bilishingiz kerak, biz esa ularni eslatib o’tamiz.Birinchi qoida. Ayollar uchun jinsiy aloqa — munosabatlarning mantiqiy davomidir. Agar siz uni tushki vaqt xafa qilgan bo’lsangiz, u kechqurun siz bilan ehtimol aloqa qilishni istamaydi. Shuning uchun mavjud kelishmovchiliklarni kunning birinchi yarmida aniqlashtirib oling, qarabsizki, kechga yaqin yarashib olishga ulgurasiz.
Ikkinchi qoida, har bir kishi biladi, lekin javobgar daqiqada ko’pincha unutadi — ayol quloqlari bilan sevadi. U bilan muloyim bo’ling, unga qanday chiroyli (go’zal, betakror) ekanligini aytib turishdan charchamang. Ayollar romantikani sevadilar. Agar siz qizil yelkanli yaxta tashkillashtira olmasangiz ham, hech bo’lmaganda, bitta guldasta, yumshoq o’yinchoq yoki boshqa yoqimli narsa sotib olishga qurbingiz yetadi. Ko’rasiz — u buni qadriga yetadi.
Uchinchi qoidani hamma biladi. Erkalashlarga (prelyudiya) beparvo bo’lmang, ayniqsa, agar sizning juftingiz shahvoniy lazzatlarni endi kashf qila boshlayotgan bo’lsa. Ayol qancha yosh bo’lsa, unga muhabbatning hissiy tomoni fiziologiyadan ko’ra muhimroqdir. Bu, albatta, agar sizning yoringiz tajribali ayol bo’lsa, erkalashni o’tkazib yuborishingiz mumkin degani emas.
To’rtinchi qoida. Erogen zonalarni qidirishni to’xtatmang, ularni stimulyatsiya qilish sizning yoringiz ehtirosini oshiradi. Tajribali erkaklar bilishadi: quloqlarning yumshog’ini yengil tishlash, qorinning pastki qismini siypalash yoki umurtqa bo’ylab qo’lni ohista o’tkazish ayollarni ehtiroslantiradi. Boshqalarida esa ehtiros ko’krakni silash natijasida uyg’onadi. Siz mashhur G nuqtani topa olmasangiz ham, harakatlaringiz behuda ketmaydi.
Beshinchi qoida: ayollar erkaklardan kam emas, ba’zida esa ko’proq, jinsiy monotoniyaga (bir xillikka) toqat qilmaydilar. Ular tajribalarga, kutilmagan jinsiy aloqalarga, yangi holatlar va kutilmagan joylarga tayyor. Buni yodda saqlang va o’z fantaziyalaringizni amalga oshirish uchun ularni hamrohingizga taklif qilishdan qo’rqmang. Har qanday holatda, ayollar qanday jinsiy aloqani xohlashi va yotoqda ayollarni maksimal darajada qondirish usullarini bilish uchun imkon qadar tez-tez sevgi bilan shug’ullanishga harakat qilish kerak. Bu masalada, har qanday ishda bo’lgani kabi, tajriba amaliyot bilan kela boshlaydi.
Manba: Mymedic
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.