Salomatlik Jinsiy hayot Ayol orgazmi — turlari, ayol jinsiy aloqada lazzatlanishi xususiyatlari, anorgazmiya

Ayol orgazmi — turlari, ayol jinsiy aloqada lazzatlanishi xususiyatlari, anorgazmiya

O'qildi: 459


Ayol orgazmi — turlari, ayol jinsiy aloqada lazzatlanishi xususiyatlari, anorgazmiya
Orgazm— lazzatlanish holati, inson jinsiy aloqada bo’lishida lazzat olishining eng yuqori nuqtasi. Jinsiy sohaning ko’pgina aspektlari zamonaviy tibbiyot tomonidan yaxshi o’rganilganiga qaramasdan, orgazm ko’p jihatdan sirli hodisa bo’lib qolmoqda. Bu ayniqsa, jinsiy aloqada ayollar lazzatlanishi kabi orgazm turiga taalluqlidir.

Odam — jinsiy aloqada asosan biologik ehtiyojlar uchun emas, balki jarayon bag’sh etadigan lazzat uchun bo’ladigan yagona tirik mavjudotdir. Ba’zi manbalarda istisno tariqasida delfinlar ham keltiriladi. Va har qanday jinsiy aloqaning avj nuqtasi orgazm hisoblanadi. Biroq, hamma jinsiy aloqada ham shundaymi? Va har ikkala juft ham orgazmni boshdan kechirishga qodirmi?

Anorgazmiya nima?

Orgazmga yetisha olmaslik anorgazmiyadeb ataladi. Bu tushunchani frigidlik bilan adashtirmaslik kerak, chunki oxirgi so’z jinsiy aloqadan qoniqishning to’liq yetishmasligini nazarda tutadi. Aslida, jinsiy aloqada lazzatlana olmaydigan ayollar u qadar ko’p emas. Ammo orgazmni boshdan kechirmaydigan ayollar esa yetarlicha ko’p. Hatto bu hissiyotni yaxshi biladigan ayollar ham har qanday jinsiy yaqinlikda unga erishavermaydi. Ammo, chin anorgazmiya, ya’ni, orgazmni fiziologik seza olmaslik qobiliyati — bu ham ko’p uchraydigan hodisa emas.

Ayol orgazmi tasnifi

Seksologlar ayollardagi ushbu holatning bir nechta turlarini farqlaydi. Biroq, bu bobda hech qanday yagona kelishuv yo’q, shuning uchun bu tasnif asosan shartli hisoblanadi. Ayol orgazmining asosiy turlari:
Klitoral;
Vaginal;
Bachadonli;
Boshqa turlari (siynali, oraliqli, rektal).
Klitoral orgazm— eng keng tarqalgan turi. Ko’pchilik seksologlar deyarli har bir ayol bunday orgazmni boshdan kechirishga qodir deb hisoblashadi. Boshqalari esa bu ayol jinsiy aloqada oladigan lazzatlanishning yagona turi deb ta’kidlashadi. Klitor — bu ayolning jinsiy istagi uyg’onishi uchun mas’ul bo’lgan a’zo. Ko’p jihatdan u analogik yoki ilmiy jihatdan ifoda etiladigan bo’lsa, erkaklar olati bilan gomologik hisoblanadi, ammo undan ancha kichikroq. Shunga qaramay, klitor erkaklar a’zosiga nisbatan ancha sezgir bo’lganligi qiziq. Ayol a’zosidagi retseptorlarning soni erkak a’zosidagidan ikki barobar ko’proq. Bunga qo’shimcha ravishda, klitor keng tarqalgan fikrlardan farqli o’laroq, ancha kattaroqdir. Ammo uning asosiy uzunligi ayolning tanasi ichida yashiringan bo’ladi. Jinsiy aloqa paytida klitor har doim ham qo’zg’almaydi. Ko’p jihatdan bu klitorning joylashuviga (turli ayollarda u biroz boshqacha bo’lishi mumkin) va jinsiy aloqa pozasiga bog’liq. Ammo, agar klitor stimulga ega bo’lsa ham, ko’pincha bu orgazmga erishish uchun mutlaqo yetarli emas. Yana bir orgazm turi — vaginal. U qin devorlariga erkak penisining bevosita ta’siri tufayli kelib chiqadi. Ushbu turdagi lazzatlanishni birinchi marta alohida shakl sifatida Zigmund Freyd ajratgan edi. Biroq, hozirgi vaqtda ko’pgina seksologlar bu turning aslida mavjudligiga shubha qilishadi. Yoki bu klitoral orgazmdan ko’ra zaifroq deb hisoblashadi. Ammo yana bir fikr bor. Unga ko’ra, qinning old devorida normada ayolda «uyqu» holatda bo’lgan maxsus zonalar yoki nuqtalar mavjud. Amaliyot yordamida ba’zi hollarda ularni uyg’otish mumkin. Bunday holda, vaginal orgazm klitoral orgazmdan intensivligi bo’yicha kam bo’lmaydi yoki hatto undan kuchliroq bo’lishi ham mumkin. Shunga qaramay, bunday zonalarning fiziologiya nuqtai nazaridan mavjudligi hali tasdiqlanmagan. Bundan tashqari, bachadonli, ko’krak va boshqa turdagi orgazm mavjudligi masalasi noma’lum bo’lib qolmoqda. Lekin ko’pgina ayollar bunday his-tuyg’ularni boshdan kechirishlari mumkinligini aytishadi va ularga ishonmaslik uchun hech qanday sabab yo’q.

Ayol orgazmining xususiyatlari

Ayollar orgazmini erkaklarnikidan ajratib turadigan yana bir xususiyati — jinsiy aloqada ayol orgazmi ko’p sonli bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, jinsiy aloqa davomida ayol bu holatni bir necha marta sezishi mumkin, erkaklarda esa orgazm deyarli har doim eyakluyatsiya bilan tugaydi. Bu xususiyat ayolning jinsiy yaqinlikda olgan jinsiy qo’zg’alishi darhol «tashlab» yuborilmasligi bilan bog’liq, u asta-sekin, alohida qismlar bilan pasayadi. Natijada, lazzatlanishga erishgan ayol yana va yana unga erishishi mumkin. Amalda bitta jinsiy aloqa davomida ayol kamdan-kam hollarda uchtadan ortiq orgazmga erishishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ayol orgazmi odatda erkak orgazmiga nisbatan davomliroqdir. Ba’zi hollarda u 30-60 soniya davom etishi mumkin. Erkaklar orgazmining davomiyligi va kuchi odatda jinsiy aloqadan tiyilishi davomiyligiga to’g’ri proportsionaldir. Ya’ni, erkak qanchalik tez-tez jinsiy aloqada bo’lsa, uning orgazmi intensivligi shunchalik kamroq bo’ladi. Ayollarda vaziyat biroz farq qiladi, chunki tez-tez jinsiy hayot, aksincha, har bir yaqinlikda olingan ijobiy his-tuyg’ularni kuchaytiradi. Bundan tashqari, ayolning jinsiy aloqada lazzat cho’qqisi ham erkaklarning his-tuyg’ularidan sezilarli darajada farq qiladi. Ayni paytda ayol butun tanasida kuchli to’lqin, so’ngra jinsiy a’zo hududidan tarqaluvchi issiqlik sezadi. Shuningdek, ko’plab ayollarda qin mushaklarining ritmik qisqarishlari kuzatiladi.

Ayolning jinsiy aloqadan lazzat olishini tanaga ta’siri

Orgazm vaqtida qonga salomatlik uchun muhim bo’lgan gormonlar chiqariladi. Avvalambor bular «baxt gormonlari» — serotonin va oksitotsindir. Ular psixikaga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va hatto organizmga shifobaxsh ta’siri ham bo’lishi mumkin. Ehtimol, ko’plab ayollar, orgazmdan keyin ba’zi bir noxush alomatlar, masalan,

Anorgazmiyani davolash uchun nima qilish mumkin?

Shunday qilib, vaziyat turlicha bo’lishi mumkin va anorgazmiyani davolash ayol orgazm hodisasi bilan qanchalik tanish ekanligiga bog’liq. Ko’p ayollar jinsiy aloqada qoniqmasliklarini hamrohning aybi deb hisoblashadi. Biroq, bu har doim ham to’g’ri emas. Albatta, yaxshi jinsiy hamroh juftini mamnun qilish uchun juda ko’p narsa qilishi mumkin. Ammo ko’pincha ayol jinsiy aloqada lazzatlanishiga uning o’z psixologik qarashlari, shuningdek jinsiy a’zolarning tuzilishi va gormonal buzilishlar to’sqinlik qiladi. Ko’p narsa shuningdek jinsiy aloqa pozasiga ham bog’liq. Misol uchun, ko’plab ayollar faqat yuqoridan kelgan chavandoz yoki tizza-tirsak pozasida eng yuqori lazzatlanish nuqtasiga erishishlari mumkin. Agar ayol klitorni bevosita stimullashda orgazmni boshdan kechirsa-yu, ammo jinsiy aloqa paytida unga erisha olmasa, u jinsiy aloqada sodir bo’ladigan bilvosita stimulyatordan foydalanishni o’rganishi kerak. Buning uchun turli xil uslublarni qo’llash, shuningdek, seksolog maslahatini olishi mumkin. Hamma ayollar ham tananing xususiyatlarini, erogen zonalarning joylashishi, har xil erkalashlarga reaktsiyalar, qin mushaklarini nazorat qilishni bilishmaydi. Shuningdek, bunda ruhiy kayfiyat, o’ziga ishonch ham mumhimdir. Ko’plab psixologlar ayollarga jufti his-tuyg’ulari haqida o’ylamaslikni, aksincha, o’z his-tuyg’ulariga e’tibor berishni tavsiya qiladi. Ayol jinsiy aloqadan lazzat olishni istasa, bularni barchasini o’zlashtirishi kerak. To’laqonli jinsiy hayot uchun juftlar o’rtasidagi ishonch ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, ayol o’z jufti bilan yaqin munosabatlariga nisbatan eng samimiy orzulari va xohishlarini baham ko’rish mazmunga ega. Aks holda, jufti, uning ayoliga nima kerakligi haqida ko’p taxmin qilishi kerak bo’ladi. U qanchalik e’tiborli bo’ishiga qaramasdan, uning tushuna olishiga juda ko’p ham ishonmaslik kerak, ayniqsa, erkakning umumiy munosabatlarga nisbatan ayol nigohi bilan qaray olishi juda qiyinligi inobatga olinsa. To’liq jinsiy mamnunlikka erishishga yo’l qo’ymaydigan to’siqlar turlicha bo’lishi mumkin. Seksologning vazifasi ularni tahlil qilish va juftlarga yuzaga kelgan holatni tuzatish bo’yicha to’g’ri maslahatlarni berishdan iborat. Ba’zi hollarda ginekolog, psixoterapevt va psixologning tavsiyalari foydali bo’lishi mumkin.

Manba: Mymedic



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.