Sovuq suv bilan chaying: mutaxassis yog‘li sochlar bilan uy sharoitida qanday kurashish kerakligini ma’lum qildi
Yog‘li sochlar shampunda yuvilgandan keyin bir necha soat o‘tgach, yana avvalgi holiga keladi. Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun to‘rtta muhim qoidaga amal qilish kerak, deb yozadi “Radiokp.ru”.
Foto: PinterestBirinchidan, sochni tez-tez yuvish tavsiya etilmaydi. Sartarosh Pol Persivalning ta’kidlashicha, bu muammoni yanada kuchaytiradi. “Agar soch har kuni yuvilsa, bosh terisi ko‘proq yog‘ ishlab chiqarishni boshlaydi. Natijada har kuni sochni yuvish kerak, degan tuyg‘u qamrab oladi”, — deydi Pol Persival.
Biroq bu muammoni hal etish mumkin. Sochlarni yuvish sonini asta-sekin kamaytirishni boshlash kerak. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan quruq shampundan foydalanish mumkin.
Ortiqcha yog‘, ter va kirni yo‘qotish uchun uni ildiz maydoniga surtish tavsiya etiladi. “Agar bosh terisi ta’sirchan bo‘lsa, sochga avval uni taroq bilan surtib ko‘rish kerak”, — deb maslahat beradi rangshunos Dominik Rouch.
Yana bir qoida shundaki, bu sochni parvarish qilish vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq. Ular nafaqat sochni og‘irlashtiradi, balki yog‘li ham qiladi. Pol Persival silikon va sulfatlardan uzoqroq turishga chaqiradi.
“Sochlarni yuvishdan keyin ularni sovuq suv bilan chaying — bu bosh terisiga yordam beradi va qon oqimini tartibga soladi”, — deb qo‘shimcha qiladi sartarosh.
Mutaxassislar sochlarga teginishni ham bir ovozdan taqiqlaydi. Ular, shuningdek, boshga turli xil aksessuar va ko‘zoynaklar taqishdan qaytaradi, chunki ular ham sochni yog‘li bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, qo‘llar o‘rniga taroqdan foydalanishni tavsiya qiladi.
Manba