Kimyoviy piling: yarim soat ichida yosh va yangi teriga ega bo‘lish muolajasi
Teridagi kollagen qanchalik ko‘p va yuqori pardasi qanchalik ingichka bo‘lsa, odam yanada yoshroq ko‘rinadi. Yoshlikda terining o‘zi o‘lik hujayralardan xalos bo‘ladi, ammo keyinchalik teri yoshligini saqlab qolish uchun turli xil muolajalarga murojaat qilish kerak. Eng samarali protseduralardan biri kimyoviy pilingdir: bu tom ma’noda yosh va yangi teriga ega bo‘lishning oson usuli, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Kimyoviy piling texnik jihatdan boshqariladigan kuydirishdir. Ta’sir qilish chuqurligi, uning davomiyligi va piling uchun ishlatiladigan kislota bir-biridan farq qiladi. Lekin xavotir olishning xojati yo‘q: asosiysi, ushbu protsedura mutaxassis nazorati ostida o‘tadi.
Kimyoviy piling qanday yordam beradi?
Kimyoviy piling paytida yuzning terisi kislotalarning faol ta’siriga duchor bo‘ladi. Piling tarkibi terining yuqori shox pardasini eritib yuboradi va u bilan hunsbuzar, komedon, qizarish, o‘lik va quruq teri yo‘qoladi. Kislotalar kollagen va gialuron kislotasini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va teri yanada namlanadi, elastik bo‘ladi va yorqinlashadi. Nihoyat, bunga javoban, terining yuqori qatlamiga kislorod va ozuqa moddalarini yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan teri membranasi faollashadi. Natijada yangilangan va yoshargan yuz qora nuqta va yog‘siz toza teriga ega bo‘ladi.
Kimyoviy pilingning yuz terisi uchun qanday foydalari bor?
- teri shox pardasining qalinlashishi bilan bog‘liq teri ko‘chishi va notekisliklarni yo‘q qiladi;
- terining tonusini tekislaydi, yosh bilan bog‘liq dog‘lar va chandiqlarni yo‘qotadi;
- terini silliqlaydi, toshma va husnbzardan keyingi dog‘larni olib tashlaydi;
- teri teshiklarni tozalaydi — mexanik tozalashdan ko‘ra tezroq va yumshoqroq amalga oshiradi;
- terining tabiiy kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi, yangi yallig‘lanish paydo bo‘lishining oldini oladi;
- hujayralarni yangilaydi, terini yangi va tiniq ko‘rinishga qaytaradi.
Qanday natijaga erishish qaysi kislotani tanlashga bog‘liq. Hammasi bo‘lib to‘rtta tur mavjud:
AHA — bu guruhga mandelik, glikolik, tartarik va sut kislotasi kiradi. AHA kislotalari bilan piling terining tonusini tekislaydi, uni silliq va elastik qiladi.
BHA — salitsil kislotasi bu guruhda eng mashhuridir, ikkinchisi esa beta-gidroksipropionik. BHA kislotalari bilan piling terini tozalaydi, komedonlarni eritadi, yallig‘lanishni yengillashtiradi, yog‘ ishlab chiqarishni normallashtiradi va toshma paydo bo‘lishining oldini oladi. Kimyoviy pilingning boshqa turlari katta yoshlilar terisiga tegishli bo‘lsa, bundan shifokor tomonidan belgilab qo‘yilganidek, 18 yoshgacha foydalanish mumkin.
PHA — ta’sir bo‘yicha AHA kislotalariga o‘xshash, ammo ular yumshoqroq harakat qiladi va ta’sirchanlikka olib kelmaydi.
Azelaik kislota husnbuzar va rozatseani davolaydi, yallig‘lanishni yengillashtiradi, teshiklarni tozalaydi va kichraytiradi, terini elastik va silliq qiladi.
Kimyoviy pilingning qanday turlari mavjud?
Tarkibi bilan bir qatorda, pilinglar ta’sir qilish chuqurligiga qarab ham farqlanadi.
Yuzaki piling
Yuzaki piling faqat epidermisning eng yuqori qatlamlari bilan ishlaydi. Bu juda yumshoq va nozik bo‘lib, buning uchun AHA kislotalari ishlatiladi. Ushbu piling juda yosh terida ham ishlatilishi mumkin, u tiklanishni talab qilmaydi. Ammo yuzaki pilingning ta’siri ham qisqa muddatli. Ba’zida terini chuqurroq tozalashga tayyorlash uchun yuzaki piling qo‘llaniladi.
O‘rtacha piling
O‘rtacha piling butun epidermisni bazal qatlamiga yoki membranaga ta’sir qiladi. Ushbu pilingda TCA kislotalari, retinol, rezorsin va salitsil kislotasi ishlatiladi. Pilingdan so‘ng taxminan bir hafta davomida yolg‘iz yashash kerak bo‘ladi: yuzning terisi kimyoviy kuyish oqibatlarini boshdan kechiradi; tashqi ko‘rinish yoqimsiz va infeksiya xavfi mavjud bo‘lishi mumkin. O‘rtacha pilingning yoshartiruvchi ta’siri bir necha oy davom etadi va ikkinchi kurs bir yildan keyin amalga oshiriladi.
Chuqur piling
Chuqur piling — bu plastik jarrohlik bilan bir qatorda yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan juda jiddiy protsedura. Buning ko‘rsatkichlari ham jiddiy: chuqur ajinlar va sezilarli chandiqlar. Chuqur piling kasalxonada, behushlik ostida amalga oshiriladi va tiklanish olti oygacha davom etadi. Ushbu protsedura davomida fenolga asoslangan kompozitsiya butun epidermis va bazal membranaga ta’sir qiladi. Bemor qarish belgilarisiz yangi terini oladi. Ushbu protsedura hayotda faqat bir marta va qat’iy ravishda shifokorning ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Kimyoviy piling mumkin bo‘lmagan holatlar:
- yaraning yomon davolanishi;
- chandiqlarga moyillik;
- piling komponentlariga individual qarshilik;
- teri sezgirligining oshishi;
- kuchli rozatsea;
- onkologik kasalliklar;
- qandli diabet va gipertoniya;
- zamburug‘ infeksiyalari;
- oxirgi(2 oydan kam)kosmetik va jarrohlik aralashuvlar;
- dori-darmonlarni qabul qilish, immunitetni pasaytirish, retinoidlarni qabul qilish natijasida fotosensitivlikning oshishi;
- homiladorlik va laktatsiya.
Kimyoviy pilingning asosiy xavfi — tarkibiy qismlarga individual qarshilik yoki kosmetologning professional emasligi: bu omillar chandiqlarga olib kelishi mumkin. Yangi silliq teri o‘rniga mutlaqo istalmagan natijaga erishiladi. Kimyoviy pilingni kuz va bahorda quyosh faolligi past bo‘lgan davrda amalga oshirish yaxshiroq. Pilingning boshqa noxush oqibatlari qatorida:
- achishish hissi;
- shish;
- qizarish va teri ko‘chishi;
- pigmentatsiyaga moyillik.
Uyda kimyoviy piling qilish mumkinmi?
Har kim ham kosmetologga muntazam tashrif buyurishga qodir emas. Xo‘sh, uyda kimyoviy piling qilish mumkinmi?Parvarish mahsulotlari har qanday kosmetika do‘konida sotiladi.
Birinchi qadam — makiyaj molochko yoki mitsel suv bilan artiladi.
Ikkinchi qadam — yuz ko‘pik yoki gel bilan yuviladi.
Uchinchi qadam — o‘lik teri qatlamidan xalos bo‘lish va pilingning chuqur qatlamlarga o‘tishiga yordam berish uchun skrabdan foydalaniladi.
To‘rtinchi qadam — terini sochiq yoki qog‘oz salfetka bilan quritib, kimyoviy piling qo‘llaniladi.
Beshinchi qadam — 2-3 daqiqa kutib, keyin suv bilan yaxshilab yuviladi. Agar niqob-plyonka qo‘yilsa, u 15-20 daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra bir chetidan tortib olib tashlanadi.
Uy sharoitida pilingni kechqurun qilish tavsiya etiladi; protseduradan keyin yangi teri tashqi muhitning agressiv ta’siriga moslashishi uchun foydalidir.
Manba