Salomatlik Goʼzallik Hech qanday foyda bermaydigan kosmetik vositalar

Hech qanday foyda bermaydigan kosmetik vositalar

O'qildi: 298


Hech qanday foyda bermaydigan kosmetik vositalar

Ba’zan biz go‘zal bo‘lish maqsadida reklama qilinayotgan, o‘zimiz  xohlaganimizdek samarani va’da qiluvchi ko‘plab befoyda kremlar, niqoblar va zardoblarni sotib olishga harakat qilamiz.

Foto: “Wday.ru”

Qo‘l va oyoqlar uchun krem, tana uchun losyon

Yuz terisi haqiqatan ham alohida parvarishni talab qiladi, lekin ko‘pchilik hollarda siz butun tana uchun bitta mahsulotdan foydalanishingiz ham mumkin. Hamma namlantiruvchi kremlar yoki losyonlar bir xil ta’sir qilish xususiyatiga ega va siz ulardan qo‘llar uchun ham va tana uchun ham foydalansangiz bo‘ladi.

Qazg‘oqlarga qarshi shampun

Yog‘ bezlari lozim bo‘lganidek ishlamasa, qazg‘oq deb ataluvchi zamburug‘lar tarqala boshlaydi. Odatdagi shampun bu muammoni bartaraf qila olmaydi, shuningdek u bosh terisini haddan tashqari quritib yuboradi. Sizga dorixonalarda sotiladigan maxsus davolovchi shampunlar kerak bo‘ladi.

Yuz uchun tonik

Yuz uchun tonik — bu biz kerakli deb hisoblaydigan narsalardan biri, chunki parvarishlash uchun noto‘g‘ri vositalardan foydalanamiz. Tonikning o‘rniga tozalovchi sovundan  foydalanish samaraliroqdir. Uning tarkibida spirt bo‘lmaydi, terini quritmaydi va pH ning neytral miqdoriga ega.

Kutikulalar uchun yog‘

Manikyur yaxshi chiqishi uchun bir necha tomchi maxsus yog‘dan foydalanishning o‘zi yetarli bo‘lib ko‘rinadi. Lekin ular singib ketishi bilan samarasi yo‘qoladi va hech qanday foyda bo‘lmaydi. Agar siz haqiqatan ham tirnoqlaringizga yordam berishni xohlasangiz, kosmetik vazelin yoki tabiiy asos yog‘larini ishlatib ko‘ring.

Manba: “Lady.mail.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.