Salomatlik Goʼzallik Qanday qilib yuz terisini tezda tartibga keltirish mumkin?

Qanday qilib yuz terisini tezda tartibga keltirish mumkin?

O'qildi: 404


Qanday qilib yuz terisini tezda tartibga keltirish mumkin?

Har bir qiz teri muammolariga duch keladi. Asosiysi — ularga qarshi to‘g‘ri kurasha bilish.

Foto: Cosmopolitan

Husnbuzarlar

Husnbuzarlar — eng yoqimsiz muammolardan biri. Ular teridagi yallig‘lanish jarayonidan darak beradi va yog‘ bezlari faolligining yuqori bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladi.

Yuzda husnbuzarlarning tez-tez paydo bo‘lishi noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq: ayniqsa yong‘oq, bodom, yog‘li sut mahsulotlari va albatta shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish. Shuning uchun bu mahsulotlarni ratsiondan chiqarish haqida o‘ylab ko‘ring.

Terining tozaligi va salomatligi uchun eng muhimi — uni to‘g‘ri parvarish qilish. Teridagi husnbuzarlarni davolashda ko‘k choydan foydalanish mumkin. U ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega.

Bundan tashqari, ko‘k choyni ertalab ichish juda foydali. Undan niqob sifatida ham foydalanish mumkin. Damlangan ko‘k choy barglarini oling va teri ustiga qo‘yib chiqing. 20 daqiqa qoldiring va ehtiyotlik bilan yuvib tashlang.

Sho‘ralash

Terining sho‘ralashi ham juda yoqimsiz muammo. Uning sabablari o‘zgaruvchan ob-havo sharoiti: shamol, sovuq, jazirama issiq, — shuningdek organizmda namlik va vitaminlarning yetishmasligi bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari, ko‘pincha terisi juda quruq bo‘lgan ayollar sho‘ralashdan aziyat chekadi.

Sho‘ralagan teri alohida parvarishni talab qiladi: avvalo yuvinish vaqtida oddiy sovundan voz keching. Uning o‘rniga yuzni tozalash uchun yog‘lilik ko‘rsatkichi juda yuqori bo‘lgan krem-geldan foydalaning va terini qattiq artmang. Yuzingizni namlash uchun teringiz turiga va tashqaridagi ob-havoga mos tushuvchi krem tanlang.

Uy sharoitida terining sho‘ralashini ketkizish uchun asaldan foydalanishingiz mumkin. Asalga birozgina suv qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashmani yuzingizga suring va uqalang. Bu unchalik qiyin bo‘lmagan usul qotib qolgan hujayralarni yo‘qotishga yordam beradi. Keyin yuzingizni yuving va namlovchi krem suring.

Manba: Cosmopolitan




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.