Salomatlik Goʼzallik Muammoli yuz terisi uchun uy sharoitida niqoblar tayyorlaymiz

Muammoli yuz terisi uchun uy sharoitida niqoblar tayyorlaymiz

O'qildi: 410


Muammoli yuz terisi uchun uy sharoitida niqoblar tayyorlaymiz

Kosmetik vositalarga ortiqcha pul sarflamasdan, yuzi tiniq va chiroyli bo‘lishni istovchilar uchun uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan niqoblarni o‘rgatamiz.

Foto: Getty Images

Yuzni namlantiruvchi niqob

Bananni namlantiruvchi krem, o‘simlik yog‘i va limon sharbati bilan aralashtiring. Aralashmani toza yuz terisiga surtib, 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Yuzingiz tiniq va silliq bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz.

Qovoqlar shishiga qarshi

Kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib qovoqlaringiz ustiga qo‘ying. 20 daqiqadan keyin yuzingizni yuvib tashlang. Mazkur usul charchoqdan kirtaygan ko‘zlar uchun samarali natija beradi.

Muammoli teri

100-200 ml qatiqqa limon sharbati aralashtirib yuzingizga surting. Yengil harakatlar bilan yuzingizni uqalang. 15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.

Yuz rangini tiniqlashtirish uchun

Ikkita sabzini qirg‘ichdan chiqarib, tuxum sarig‘iga qo‘shib aralashtiring. Aralashmani yuzingizga surting, niqob 15 daqiqa davomida turishi kerak.

Yog‘li teri uchun

Limon sharbatiga bodring suvini qo‘shing va aralashma bilan yuz terisini arting. Bu niqobni iloji boricha tunda uxlashdan avval bajarish tavsiya qilinadi. Tongga qadar yuz terisi dam olib, niqob ta’sirida yanada tiniq va go‘zal ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir: 

  • Karantin o‘ziga qaramaslikka bahona xolos. Ko‘p vaqt olmaydigan tonggi soch turmagi
  • Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli
  • Yosh ko‘rinish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
  • Yuz terisi go‘zalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta mahsulot
  • Uy sharoitida teri uchun qahvali skrab tayyorlaymiz


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.