Salomatlik Goʼzallik Ayollar haqida yomon taassurotga sabab bo‘luvchi 5 gigiyenik xato

Ayollar haqida yomon taassurotga sabab bo‘luvchi 5 gigiyenik xato

O'qildi: 364


Ayollar haqida yomon taassurotga sabab bo‘luvchi 5 gigiyenik xato

Qimmatbaho kiyim kiyilgani, o‘tkir iforli atir sepilgani bilan quyidagi elementar gigiyena qoidalariga rioya qilinmaslik ayol kishi haqida salbiy taassurot qolishiga sababchi bo‘ladi

Foto: Femmie1. Yog‘langan sochlar

Sochlarning ahvoli qanday ekani ayol kishi ko‘rinishida muhim rol o‘ynaydi. To‘satdan uchrashuv yoki tadbirga borish kerak bo‘lib qolsa-yu, hech qanaqasiga vaqt bo‘lmasa, kirlangan sochning turmaklanganini tushunish mumkin, lekin bu ahvol qayta-qayta takrorlanishini hech qanday bahona bilan oqlab bo‘lmaydi. Yuvilmagan, kir sochlar birinchidan kishining o‘zini ishonchsiz his qilishi, ikkinchida esa atrofdagilarda yoqimsiz xotira qolishiga sabab bo‘ladi.

2. Tartibsiz tirnoqlar

Tirnoqlar chiroyli ko‘rinishi uchun, albatta, lak surish yoki salonga borish shart emas. Tartiblangan, sog‘lom tirnoqlar oddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan insonning ham detallarga qanchalik e’tiborli ekanidan darak beradi.

3. Yotishdan avval tozalanmagan makiyaj

Yuz ham nafas olishi kerak. Erinchoqlik oqibatida makiyajni yuvmaslik, terining nosog‘lom va charchagandek ko‘rinishiga olib keladi. To‘yga borib, ertasi kunigacha yuzni yuvmaslik va makiyaj bilan o‘qish yo ishga borish haqida-ku, gapirmasa ham bo‘laveradi.

4. Yomon hid ustidan sepilgan atir

Ko‘rinishi mukammal bo‘lgan ayoldan yomon hid anqishidan xunuk narsa bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, uning ustidan atir sepilsa bormi? Eng amal qilinishi kerak bo‘lgan, onalar farzandlarining qulog‘iga quyishi kerak bo‘lgan jihatlardan biri shu — har kuni yuvinib, taranib keyin atir va xushbo‘y hidli vositalardan foydalanish kerak.

5. Og‘izdan keladigan badbo‘y hid

Ovqatlangandan keyin og‘izni chayish, tishlarni yuvish kerakligi aytilmasa ham amal qilinishi kerak bo‘lgan odatlardan. Lekin ko‘pchilik buni yoddan chiqarib qo‘yishi oqibatida suhbatdoshda yaxshi taassurot qolmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.