Salomatlik Goʼzallik Koreys ayollarining go‘zal va yosh ko‘rinish siri nimada?

Koreys ayollarining go‘zal va yosh ko‘rinish siri nimada?

O'qildi: 408


Koreys ayollarining go‘zal va yosh ko‘rinish siri nimada?

Koreys millatiga mansub ayol-qizlar hamisha yosh va tiniq yuz sohibasi ekani bilan e’tirof etiladi. Ularning go‘zallik siri nimada?Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Foto: Channel-KoreaMavsum va faslga xos parvarish

Aksariyat qiz va ayollar qanday fasl bo‘lishidan qat’i nazar, bir xil kosmetik vositadan foydalanaveradi. Koreyslar bo‘lsa bu borada to‘g‘ri yo‘l tutib qishda terini namlantirishga, yozda bo‘lsa quyosh nurlaridan saqlanishga e’tibor qaratib kosmetik vosita tanlaydi.

Ichki go‘zallik

Koreys qizlari faqat tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish bilan cheklanmasdan, go‘zal bo‘lish uchun ichki salomatlik muhim ekaniga e’tibor qaratadi va sog‘lom ovqatlanish, vitamin va minerallarni muntazam iste’mol qilishni kanda qilmaydi. Ko‘proq meva va sabzavot iste’mol qilish, sport bilan shug‘ullanish va vitaminlar haqida unutmaslik ushbu millat vakillarining go‘zallik siri hisoblanadi.

Go‘zallikning 4/2/4 tizimi

Koreys qiz va ayollar 4 daqiqa yuzini kosmetik vositalardan tozalab, 2 daqiqa ko‘pikli vosita bilan va yana 4 daqiqa ichida birinchi issiq keyin bo‘lsa sovuq suv bilan yuvadi. Jarayonning kontrast suv bilan yakunlanishi yuzning tiniq va sog‘lom ko‘rinishiga olib keladi.

Yuz uchun yoga

Yuz yogasi — sodda qilib aytganda yuzni uqalash va mashqlar bajarish demak. Yuz mushaklari uqalash davomida tetiklashadi, yuzda qon yaxshi aylanib, teri ko‘rinishi va rangida o‘zgarish kuzatiladi.

Mavzuga doir: 

  • Arab qizlarining go‘zallik siri nimada?
  • Yapon ayollarining 40 yoshda ham 20 yashar ko‘rinishi siri nimada?
  • Hind ayollariga xos go‘zallik sirlari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.