Salomatlik Goʼzallik Shaftolining inson terisi uchun ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan foydali xususiyatlari

Shaftolining inson terisi uchun ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan foydali xususiyatlari

O'qildi: 389


Shaftolining inson terisi uchun ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan foydali xususiyatlari

O‘rta asr shoirlari go‘zal ayollarning terisini shaftoli bilan taqqoslaganlari bejizga emas. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu mevalar teri uchun juda foydali. Elle nashri uning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlarining yettitasini sanab o‘tdi.

Foto: Food and Health

Yoshlikni saqlab qoladi

Shaftoli tarkibidagi C vitamini kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu teriga elastiklik beradi. Bundan tashqari, ushbu vitamin qarishning asosiy sababi bo‘lgan erkin radikalni chiqarib tashlaydi.

 Tarkibida oqsil mavjud

Shaftolini muntazam iste’mol qilish immunitet tizimini mustahkamlaydi, ko‘plab yuqumli va teri kasalliklaridan himoya qiladi. Bundan tashqari, shaftoli terining tez yangilanishiga hissa qo‘shadi. Ushbu meva tarkibidagi oqsil ko‘plab hayotiy jarayonlar uchun zarurdir.

Teridagi muammolarni bartaraf etadi

Shaftoli yoki uning po‘stidan tayyorlangan niqoblar nafaqat terini namlaydi, balki husnbuzar yoki kimyoviy pilingdan keyin tezda shifo topishga ham yordam beradi.

Teri yangilanishiga yordam beradi

Shaftoli ichkaridan oziqlantiribgina qolmay, balki kosmetik foydalanish uchun ham foydalidir. Misol uchun, tabiiy yogurt bilan aralashtirilgan shaftoli pyuresi niqobi quruq teri uchun ajoyib namlovchi vositadir. Shuningdek, u ko‘z ostidagi qora xaltachalardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Tarkibida selen bor

Selen kuchli antioksidant bo‘lib, hujayralarning qarish jarayonini sekinlashtiradi va soch hamda tirnoqlarning o‘sishiga yordam beradi. Tibbiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, selen yetishmasligi teri saratonining ayrim shakllari xavfini oshirishi mumkin. To‘g‘ri, bu holda juda ko‘p meva iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Ammo meva tvorog bilan tanovul qilinsa, kundalik me’yorni osongina to‘ldirish mumkin. Chunki tvorog ham selenga ham boy.

Ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi

Shaftoli tarkibidagi C, K, A vitaminlari va beta-karotin teriga ultrabinafsha nurlaridan himoyalanishida yordam beradi. Ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, issiq kunlarda shaftoli pyuresidan tayyorlanadigan kokteyllar ichish mumkin.

Tarkibida A vitamini bor

Bu vitamin saraton kasalligining oldini olishga ham yordam beradi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, A vitaminining yuqori dozalari ba’zi teri saratoni xavfini 32 foizga kamaytiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.