Salomatlik Bolalar Chaqaloqlar uchun: Nafaqat pulni behuda sarflash, balki bola uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyumlar

Chaqaloqlar uchun: Nafaqat pulni behuda sarflash, balki bola uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyumlar

O'qildi: 166


Chaqaloqlar uchun: Nafaqat pulni behuda sarflash, balki bola uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyumlar

Aksariyat ota-onalar farzandlari eng yaxshi narsaga loyiq deb hisoblashadi. Shuning uchun ular nafaqat kichkintoylarni xursand qilish uchun, balki onalarining hayotini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan tovarlarni sotib olish uchun pulni ayamaydilar. Afsuski, bu xaridlarning ba’zilari nafaqat pulni behuda sarflash, balki bola uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin.

Yonlari sozlanishi mumkin bo‘lgan karavotlar

Chaqaloqlar uchun: Nafaqat pulni behuda sarflash, balki bola uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyumlar
Foto: AdMe

Bunday modellarda shunchaki yon tomonni kerakli balandlikka tushirishingiz mumkin va chaqaloqni olish uchun egilish shart emas. Ammo bunday karavotlarning ba'zilari chaqaloqlar uchun xavfsiz emas, chunki ba'zida karavot plankalari chiqib ketadi va chaqaloq beixtiyor siqilib qolishi mumkin.

Himoya to‘rlari

Foto: AdMe

Chaqqon bolalarning ota-onalari uchun maxsus to‘rlar ishlab chiqilgan. Ushbu mahsulotlar karavotning yon tomonlariga biriktiriladi. Natijada go‘dak ma'lum bir bo‘shliqdan tashqariga chiqa olmaydi, chivin va pashsha ichkariga kirmaydi. Ammo bu qurilmalar shikastlanishga olib kelishi va bolaning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.

“Aqlli” paypoqlar

Foto: AdMe

“Aqlli” paypoq — bolaning oyog‘iga biriktirilgan maxsus monitor hisoblanadi. U yurak urishi va qondagi kislorod miqdorini kuzatib boradi, so‘ngra ma’lumotlarni ota-onalarning telefoniga uzatadi. Agar ko‘rsatkichlardan biri me'yordan oshib ketsa, telefondagi dastur darhol signal beradi. Ammo ba'zida bunday qurilmalar ota-onalarga faqat qiyinchilik tug‘diradi.

Xodunok

Foto: AdMe

Chaqaloq hali mushaklarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagani sababli u oyoqlariga to‘g‘ri suyanmaydi. Bu o‘z navbatida bo‘g‘imning gipermobiliyasi – bo‘g‘imlarning haddan tashqari harakatchanligini va oyoqlarning qiyshayib qolishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari bola oyoqlari o‘rtasida qo‘shimcha cheklov bilan harakatlanadi. Shu sababdan tizzalar tashqariga buriladi va valgus deformatsiyasi yuz beradi. Oyoqlar zarar ko‘rganidan so‘ng umurtqa pog‘onasi ham risoladagidek bo‘lmaydi.

Bolalar kir yuvish vositalari

Foto: AdMe

Maxsus kir yuvish kukunlarida maxsus narsaning o‘zi yo‘q, odatdagidan qimmatroq bo‘ladi xolos. Agar mahsulot tarkibida xushbo‘y moddalar mavjud bo‘lsa, u holda chaqaloqning sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bolalar buyumlarini har qanday kukun bilan yuvish mumkin, asosiysi uning tarkibida bo‘yoqlar, xushbo‘y moddalar bo‘lmasligi, u gipoallergik va nozik terili chaqaloqlarga mos kelishi kerak.

O‘zgaradigan bolalar aravachasi

Foto: AdMe

Bunday model arzon bo‘lishi mumkin, chunki 2 ta aravacha o‘rniga - yotadigan va o‘tiradigan - bittasini sotib olsa bo‘ladi. Ammo transformerlar odatda oddiy aravachalarga qaraganda katta va juda ko‘p joy egallaydi.

Butilkalar to‘plami

Foto: AdMe

Ko‘p sonli idishlarni oldindan xarid qilish — pulni bekorga sovurish degani. Bu narsalar har bir chaqaloq uchun alohida tanlanishi kerak. Ba’zi bolalar bir yilgacha yoki undan ko‘proq vaqt davomida aralashma ichmaydi va bunday idishning keragi bo‘lmaydi.

Sakratkichlar

Foto: AdMe

Ba’zi bolalar arqondan sakrashni yaxshi ko‘radi. Ammo bu o‘yinning afzalliklaridan ko‘ra ko‘proq kamchiliklari bor. Kichkintoylar unda kuniga 15 daqiqadan ko‘p qolmasligi kerak, chunki o‘rindiqning o‘ziga xos konfiguratsiyasi sonning rivojlanishiga ta'sir qiladi.

Farzandingizning barmoqlari kamar orasiga tushib qolishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Chaqaloq yog‘i

Foto: AdMe

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning nozik terisini namlash uchun odatda maxsus losyonlar ishlatiladi va yog‘lar faqat massaj paytida qo‘llaniladi. Yog‘ tarkibida mineral moy mavjud va shuning uchun bolalar terisiga yomon so‘riladi. Bundan tashqari, ba’zi ekspertlarning fikriga ko‘ra, kimyoviy tarkibi tufayli bunday yog‘ teri yuzasida to‘siq hosil qilishi mumkin, bu esa namlikni yo‘qotishiga olib keladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.