Salomatlik Bolalar Uyda maroqli ta’til: Bola zerikmasligiga yordam beradigan 5 tavsiya

Uyda maroqli ta’til: Bola zerikmasligiga yordam beradigan 5 tavsiya

O'qildi: 367


Uyda maroqli ta’til: Bola zerikmasligiga yordam beradigan 5 tavsiya

Ta’tilda bolalar o‘yin va dam olish maydonchalariga tashrif buyurishni, kinozalda birga film tomosha qilish yoki muzey va teatrga borishni istashi mumkin. Ammo pandemiya vaqtida hammasi boshqacharoq. Imkoniyatlar cheklangani va xavf hali hamon kamaymagani sabab iloji boricha uyda bo‘lish va shuning o‘zida vaqtning qiziq o‘tishini tashkillashtirish kerak.

Foto: Freepik

Birgalikda taom tayyorlang

O‘zingizni yoki yaqinlaringizni mazali taomlar bilan siylashdan yaxshiroq narsa bo‘lmaydi, farzandingiz bilan birga tayyorlash esa o‘zgacha maroq beradi. Masalan, zanjabil qo‘shib, Yangi yil pechenyesini tayyorlang. Bolalar xamirga turli qoliplar bilan shakl berishi, tayyor bo‘lganidan keyin glazur yoki shokolad bilan bezashga yordamlashishi mumkin. Ushbu mashg‘ulotni nafaqat bayram bahonasida, balki dam olish kunlarida ham birgalikda amalga oshirish va buni odat tarziga kiritish mumkin. Shuningdek, turli mamlakat oshxonasiga xos bo‘lgan kechki ovqat tashkil qilsangiz ham bo‘ladi. Xaritadan biron davlatni tanlang va internetdan milliy taomini o‘rganib, uni pishirib ko‘rishga harakat qiling, o‘sha davlatning mashhur musiqa yoki qo‘shig‘ini qo‘yishingiz ham mumkin.

Qo‘l mehnati yordamida mashg‘ulot bajaring

Ijod vaqtni unumli sarflashga, kattalar asabiylashishining oldini olish, bolalar o‘ziga xos energiyaga to‘lishiga yordam beradi. Masalan, internetdan qanday qilinishini o‘rganib, qush uchun uycha yasashingiz mumkin. Buning uchun uyda bor buyumlardan ham foydalansa bo‘ladi. Shuningdek, bolalarga o‘z qo‘li bilan archa o‘yinchoq yasashni tavsiya qiling. Turli rangli qog‘ozlar yoki boshqa materiallardan yasalgan o‘yinchoqni turli tosh, dur va biser bilan bezash mumkin. Bunday qo‘l ishi archani bezabgina qolmay, kichkintoydan kattalarga ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

Eski buyumlarni tashlab yuboring

Italiyada Yangi yil kirib kelishi arafasida eski-tuski buyumlarni tashlab yuborish an’anasi bor. Siz hamma narsani tashlab yubormagan taqdiringizda ham ortiqcha narsalardan voz kechishga harakat qiling. Bolalar xonasi hamda shkaflarda yig‘ilib qolgan keraksiz kiyim va o‘yinchoqlarni yaroqli va yaroqsizga ajrating. O‘yin tarzida bo‘ladigan bo‘lsa, bola keraksiz o‘yinchoqlaridan kechishi oson bo‘ladi. Keraksiz, ammo butun kiyim va o‘yinchoqlarni boshqa ehtiyoji borlarga berib yuboring, qolganini bolangiz bilan birga joylang. Har bir buyumning qanday qilib kelib qolgani, u bilan bog‘liq voqealarni so‘zlab berishingiz bolangiz uchun qiziq bo‘lishi aniq.

Internet va gadjetlardan dam oling

Bolangiz va o‘zingiz ham ta’til bahonasida internet, telefon hatto televizordan dam olishga harakat qiling. Ko‘proq yaqinlaringiz bilan suhbatlashishga, kitob o‘qish va oddiy yumushlar bilan shug‘ullanishga harakat qiling. Toza havoda birga sayr qilsangiz yana yaxshi. Bir kun davomida hech narsa qilmaslik bilan miyangiz tozalanishi, cheksiz axborotlardan dam olib, hordiq chiqarishingiz aniq. Kechki ovqatni oilangiz bilan birgalikda tanovul qiling. Taomni chiroyli idishlarga solib, past va sokin musiqa ohangi hamrohligida stolni chiroyli shamlar bilan bezang. Yangi yil va bayram kayfiyatini baxsh etadigan boshqa bezaklardan ham foydalanishingiz mumkin.

Xonadoningizda shou tashkil qiling

Oilaviy yig‘ilib, turli o‘yin va shoular uyushtiring. Masalan, har bir oila a’zosi ma’lum bir mavzuga tayyorlanib, uni tushuntirib bersin. “Mening eng sevmagan 10 shirinligim”, “Mushuklarni yaxshi ko‘rishimning 5 sababi” yoki shunga o‘xshash boshqa istalgan mavzu bo‘lishi mumkin. Taqdimotni kulgili suratlar va boshqa qiziqarli qo‘shimchalar bilan boyitish mumkin. Yo bo‘lmasa, kvest o‘ynashingiz yoki tungi ertak tashkil qilishingiz mumkin. Buning uchun qorbola yoki shunga o‘xshash qahramonlarni burchaklarga qo‘ying va sovg‘alarni yashirib, yashirgan yeringizni xarita qilib chizing hamda topishmoq tarzida qayerda ekanini topish vazifasini yuklang. Qolaversa, istalgan ertak qahramonlarini sahnalashtirish, uni fonar va Yangi yil chiroqlari bilan sahnaga o‘xshatib bezalgan uy burchagida ijro qilishingiz mumkin.

Mavzuga doir:

  • Do‘konlarda sotiladigan tayyor pyurening bolalarga 3 ta zarari
  • Bolaga tez-tez baqirsangiz... Vaziyatni yumshatishning 4 usuli
  • Otalarning xatti-harakati qizlarning hayotiga qanday ta’sir o‘tkazadi?
  • Bola psixikasining buzilishiga sabab bo‘ladigan o‘yinchoqlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.