Salomatlik Bolalar Homiladorlik paytida vazn yig‘ishni qanday nazorat qilish mumkin?

Homiladorlik paytida vazn yig‘ishni qanday nazorat qilish mumkin?

O'qildi: 402


Homiladorlik paytida vazn yig‘ishni qanday nazorat qilish mumkin?

Homiladorlik paytida vaznni muvofiq muvozanatda saqlash uchun tananing og‘irlik ko‘rsatkichini bilish zarur. JAMA jurnalida parhezshunoslar va ginekologlar ishtirokida homiladorlik paytida vazn yig‘ilishi mavzusida tayyorlangan ilmiy maqola chop etilgan.

Foto: “Detstrana.ru”

Shifokorlarning kuzatishicha, ortiqcha kilogrammlar ko‘pincha birinchi homiladorlik vaqtida “yig‘iladi”. Bu hatto tana og‘irligi ko‘rsatkichi(TOK)boshida normaga(18,5 dan 24,9 gacha)muvofiq bo‘lgan bo‘lg‘usi onalarga ham xos.

O‘z ishlarini The Conversation jurnalida chop etgan Buyuk Britaniyadagi Nyukasl va Sautxempton universitetidagi ovqatlanish bo‘yicha ekspertlar mavzuni davom ettirdi.

Tadqiqotchilar vazn yig‘ish bo‘yicha eslatmani taklif qildi: agar tana og‘irligi ko‘rsatkichi TOK homiladorlikkacha normadan pastroq bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni 18,5 dan pastroq bo‘lsa – 12,5 dan 18 kilogrammgacha fazn yig‘ish mumkin; agar TOK 18,5 dan 24,9 gacha(normada)bo‘lsa, 11,5 dan 16 kilogrammgacha yig‘ish mumkin; agar TOK 25 dan 29,9 gacha(ortiqcha vazn)bo‘lsa, sog‘liq va qomatga zarar bermasdan 7 dan 11,5 kilogrammgacha yig‘ish mumkin; agar TOK  30 dan baland(semirib ketish)bo‘lsa, 5 dan 9 kilogrammgacha vazn yig‘ishga ruxsat beriladi.

Tana og‘irligi ko‘rsatkichini formula bo‘yicha hisoblash ham mumkin: TOK = tana og‘irligi/bo‘yingiz kvadrati.

Manba: “Detstrana.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.