Salomatlik Bolalar “Yaxshi ona” degan unvonni qo‘lga kiritish uchun nima qilish kerak?

“Yaxshi ona” degan unvonni qo‘lga kiritish uchun nima qilish kerak?

O'qildi: 309


“Yaxshi ona” degan unvonni qo‘lga kiritish uchun nima qilish kerak?

“Yaxshi ona” afsonaviy timsoliga munosib bo‘lish qiyin. Lekin urinib ko‘rish mumkin. Hatto, agar bunda siz charchasangiz, to‘yib uxlamasangiz va o‘zingiz uchun hamma narsadan voz kechsangiz ham!

Foto: Rambler Woman

Xo‘sh, mukammal ona nimalar qila olishi kerak?

“Yaxshi ona bolasi uchun yashaydi”

Chaqaloqni qo‘liga olganidan boshlab u o‘zi haqida, istaklari, qiziqishlari, do‘stlari, havaslari haqida unutishi kerak. Bundan keyin – faqat bolaning rivojlanishi haqidagi kitoblar va bolalar aravachasi bilan sayr qilishlardan iborat. Qolganlari – rahmsizlik va xudbinlik.

Yaxshi onaning orzulari – jonini fido qilish va hamma narsadan voz kechish

Bola uxlayaptimi?Shunday bo‘lsa ham, u uxlamaydi – Montessori uslubiyatini o‘rganadi. Sayr qilish vaqti keldimi?Yomg‘irda ham, qorda ham, boshi og‘risa ham, tomog‘i og‘risa ham u baribir belgilangan soatda sayrga chiqadi. Axir u ona-da!

Muammo shundaki, bunday ona bolaga eng asosiysini: baxtli va do‘stlashish, ishlash, qiziqish, munosabatlar o‘rnatishdan iborat bo‘lgan to‘laqonli yashash uchun ibratni bera olmaydi.

Bu bilan unga ulkan aybdorlik hissini yuklaydi – ona hamma narsani fido qildi, demak, katta bo‘lganda bola ham xuddi shunday qilishi kerak.

“Yaxshi ona har doim bolasi tomonda bo‘ladi”

Bu eng kutilmagan oqibatlarga olib keladigan da’volardan biri. Bir tomondan, u bolani qat’iyatli qiladi, ikkinchi tomondan – javobgarlikdan butunlay mahrum qiladi.

Tomonida bo‘lish – bola nima qilsa hammasini ma’qullash kerak degani emas. Bu bola bilan javobgarlikni baham ko‘rish, muammoni hal qilishga yordam berish degani.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.