Salomatlik Bolalar Bolani maktabga tayyorlash qoidalari

Bolani maktabga tayyorlash qoidalari

O'qildi: 329


Bolani maktabga tayyorlash qoidalari

Bolalarni maktabga to‘g‘ri tayyorlash – bu birinchi navbatda kelajakda bo‘ladigan rejim va yuklamalarning o‘zgarishini hisobga olib ularning sog‘lig‘i va kayfiyati haqida g‘amxo‘rlik qilish, va faqat keyingina yangi formalar, sumkalar va boshqa mayda-chuydalar olish uchun yoqimli taraddudlar...

Foto: “O-krohe.ru”

Shaxsiy gigiyena qoidalari

Bolada oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni shakllantirish bilan siz uni yuqumli kasalliklardan himoya qilishingiz mumkin.

To‘g‘ri ovqatlanish

Bolaning ovqatlanishiga e’tibor bering. Uni ovqat yeyishga majbur qilmang. Pishiriqlarni foydali quruq mevalarga almashtirish mumkin. Taomnomadan chipslar, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar va fast-fudlarni olib tashlash va ularning o‘rniga qaynatilgan mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni kiritish zarur.

Ertalabki mashqlar

Muntazam jismoniy mashqlar – bolalarni maktabga to‘g‘ri tayyorlashning asosiy bandlaridan biri. Mashqlar bolaga umumiy bardamligini oshirishda, karaxtlik va lanjlikdan qutulishda yordam berish bilan uning tabiiy ehtiyojiga aylanishi kerak.

Kun tartibi

Aniq tuzilgan kun tartibi to‘g‘ri odatlarni shakllantiradi va uyga berilgan vazifalarni bajarishni osonlashtiradi. Shuning uchun, maktabga tayyorlash jarayonidan boshlab bola kech soat 22 da uxlashi kerak. Uyqu uzunligi esa 9-10 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.

Oilada ijobiy psixologik muhit

Farzandingizga e’tiborli bo‘ling, uning tengdoshlariga bo‘lgan munosabatlari bilan qiziqing. Bolaning qobiliyatlari to‘g‘risida yomon gaplar aytmang va uni tanqid qilmang. Uning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va muvaffaqiyatlarini qanday bo‘lmasin rag‘batlantirish zarur. Bolani mustaqillikka o‘rgating, uning shaxsiy fikri shakllanishiga yordam bering va ko‘proq vaqtingizni u bilan o‘tkazing.

Manba: “O-krohe.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.