Yaxshi maktabni qanday belgilariga qarab bilish mumkin?
O'qildi: 359
Farzandlari birinchi sinfga borayotgan ota-onalarning notinch kunlari 2-sentabrdan emas, balki hozirdan boshlangan. Ular allaqachon bolalarini maktabga yozdirish uchun navbatga turishibdi. Joyini hali aniqlamaganlar esa tanish-bilishlaridan surishtirish va ochiq eshiklar kunlariga borishda davom etishmoqda. Biz sizga maktab tanlashda nimalarga e’tibor qaratish to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Foto: O‘zAYaxshi maktabning besh belgisi
- Maktab to‘g‘risida ma’lumotlar ochiq bo‘lishi kerak. Uning nafaqat reytinglari, balki u haqida boshqa qiziqarli ma’lumotlar bo‘lgan sayti bo‘lsa yanada yaxshi. Bu yerda siz maktab o‘qituvchilari va ota-onalar o‘rtasidagi fikr almashishlarni o‘qishingiz mumkin bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.
- Aynan bir bog‘chadan bolalarning qanchasi ayni bir maktabga berilganiga e’tibor bering. Agar bolalar soni 50% dan ko‘p bo‘lsa, farzandingizni u yerga bemalol bersangiz bo‘ladi.
- Maktabdagi hidga e’tibor bering: yaxshi o‘quv muassasasida hojatxona hidi bo‘lmasligi aniq. Yaxshi tozalanmaydigan maktabni yaxshi deb aytib bo‘lmaydi.
- Maktab devorlari “gapirishi” kerak. Agar ulardan sizga faqat olimlar portretlari qarab turishgan bo‘lsa yoki ularga zerikarli ma’lumotlar yozilgan plakatlar osilgan bo‘lsa, bu juda ham achinarli. Maktab devorlarida tadbirlar, sayohatlar, to‘garaklar, voqealar to‘g‘risida e’lonlar bo‘lishi kerak.
- Maktab o‘quvchilarining o‘zlariga e’tibor bering. Agar ular sizni tanishmasa ham, salom berishsa – bu yaxshi maktab. Agar bolalar salom berishda ko‘zlaringizga qarashsa, unda bu juda yaxshi maktab bo‘ladi.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.