Salomatlik Bolalar Darslarmi yoki multfilmlar: qaysi biridan boshlash kerak?

Darslarmi yoki multfilmlar: qaysi biridan boshlash kerak?

O'qildi: 328


Darslarmi yoki multfilmlar: qaysi biridan boshlash kerak?

Bola charchab qolmasligi va uyga berilgan vazifalarning hammasini bajarishi uchun uning kun tartibini qanday tuzgan yaxshiroq?Maqolamizda shu mavzudagi ba’zi foydali maslahatlar bilan tanishasiz.

Foto: Weekend Rambler

Birinchi sinfda odatda bolalarga vazifa berilmaydi. Eng ko‘pi bilan uyga maktabda ulgurolmaganlarini tamomlash vazifasi beriladi. Bu unchalik og‘ir emas, shuning uchun bunday vazifalarni bajarishda bolalar charchab qolmaydi.

Lekin, baribir maktabdan keyin bolalarga dam olish uchun vaqt berish tavsiya qilinadi.  O‘quv jarayoniga o‘rgangunlariga qadar ularga ko‘p vazifa yuklamaslik lozim, aks holda o‘qishga bo‘lgan qiziqish darrov yo‘qoladi.

Bolalarni ovqatlantirish va oz bo‘lsa ham uxlashga yotqizish kerak. Uyqudan keyin biroz vaqtni darslarga, undan keyin esa — kechgacha o‘yinlar va ko‘ngil ochishlarga vaqt ajratish mumkin.

Uyga vazifalar berila boshlagandan keyin, ota-onalar uchun bolaning kun tartibini to‘g‘ri tuzish juda muhim. Agar bola darsdan keyin qolib shug‘ullanadigan guruhga bormasa, bu majburiyat oilaning zimmasiga tushadi.

Bola o‘ziga yoqqan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi mumkin, sizning vazifangiz esa — kompyuter yoki gadjetda o‘tkazilgan vaqt bir kunda 1-2 soatdan oshib ketmasligini nazorat qilish.

5-sinfdan keyin fanlar ham, uyga vazifalar ham ko‘payadi. Shuning uchun aynan shu yoshdan boshlab ota-onalarning haqiqiy muammolari boshlanadi. Ruhshunoslar bolani har xil to‘garaklar va seksiyalarga ko‘mib tashlamaslikni, ularga maktabdan keyin vazifalarni qilishdan oldin hech bo‘lmasa yarim soatlik tanaffus berishni maslahat beradi.

Darslarni qilish uchun eng muvofiq bo‘lgan vaqt — agar darslar soat 14-15 larda tamom bo‘ladigan bo‘lsa, taxminan soat 16.00. Agar siz bola ulgurolmayotganini ko‘rsangiz, biron-bir qo‘shimcha, darsdan tashqari mashg‘ulotlardan voz kechishga harakat qiling.

Lekin bolani dam olishdan va multfilmlar ko‘rishdan yoki o‘ynashdan mahrum qilish mutlaqo mumkin emas. Ularga maktabdan olgan bilimlari miyada mahkam o‘rnashib qolishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.

Manba: “Deti.mail.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.