O‘qituvchi bilan qanday do‘stlashib olish kerak?
Murabbiy sizning farzandingiz bilan ko‘p vaqtini birga o‘tkazadi va uning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun o‘qituvchi yoki tarbiyachi bilan o‘zaro til topishish juda zarur.
Foto: “Segodnya.ua”Birinchi qoida – har qanday o‘qituvchi haqida ota-onalardan yaxshi-yomon gaplarni eshitasiz, lekin siz oldindan xulosa chiqarmang. U haqida o‘z fikringizni hosil qilishga harakat qiling
Ma’lumotlar yig‘ing
O‘qituvchi bilan birinchi uchrashuvdan oldin u haqda asosiy ma’lumotlarni bilib oling. Masalan, ish tajribasi kam bo‘lgan yosh o‘qituvchi qiziqarli vazifalar o‘ylab topish yo‘li bilan bolalarni qiziqtirishga harakat qilishi mumkin. Katta tajribali o‘qituvchi esa o‘qitish borasida o‘zining jiddiy qarashlariga ega bo‘ladi.
Bolaning oldida o‘qituvchini tanqid qilmang
O‘qituvchining ustidan kulish bilan, siz o‘quvchi oldida uning haq-huquqini pastga urasiz, buni esa bolalar kechirmaydi. Farzandingizning ko‘z oldida o‘qituvchining obro‘sini ko‘tarishga harakat qiling, bo‘lmasa yaxshi munosabatlarni o‘rnata olmaysiz.
To‘g‘ri muloqotda bo‘ling
O‘qituvchiga xuddi boshqalar sizga qanday munosabatda bo‘lishlarini xohlaganingizdek munosabatda bo‘ling.Avval eshiting, keyin gapiring. O‘qituvchini birdan savollarga ko‘mib tashlash va o‘z fikrini tushuntirishga harakat qilish kerak emas. Har bir holatni to‘g‘ri baholashga va o‘qituvchining fikrini tushunishga harakat qiling.
Faol bo‘ling
O‘qituvchini yaxshiroq tushunish uchun ko‘proq aloqada bo‘lish kerak. Maktab hayoti bilan qiziqing, ota-onalar yig‘ilishlariga boring, muhim masalalarni hal qilishda qatnashing. O‘qituvchilar ularning hayotini biroz yengillashtiradigan faol ota-onalarni yaxshi ko‘radi. Har qanday yordam, hatto unchalik katta bo‘lmasa ham, sizning o‘qituvchi bilan bo‘lgan munosabatlaringizni yaxshilaydi.
Manba: Weekend Rambler
Manba