Farzandingizning iste’dodli ekanligini bildiruvchi 10 ta belgi
Har bir ota-ona belanchakda pish-pish qilib uxlab yotgan bolasining katta bo‘lganda eng kamida Eynshteyn yoki Motsart kabi bo‘lishini orzu qiladi. Afsuski, iste’dodni oldindan aniqlab bo‘lmaydi, lekin ba’zi belgilar bu boladan biron kim yetishib chiqishini oldindan aytishi mumkin!
Foto: “Detstrana.ru”U rivojlanishda tengdoshlaridan o‘zib ketadi. Bola emaklashni, yurishni va chopishni tezroq o‘rganadi.
U izchil nutqqa ega. U boshqalardan oldin gapira boshlaydi va so‘z boyligini kundan-kunga oshirib boradi.
U juda qiziquvchan. Va atrofdagilarni o‘zining cheksiz “nima uchun?” degan savollari bilan qiynab yuboradi.
U juda sabotli. Uzoq vaqt(15 daqiqa va undan ko‘proq)bir xil faoliyat bilan shug‘ullana oladi, masalan, yasash bilan.
Bola qiyin vazifalarni yaxshi ko‘radi. Unga yangi narsani sinab ko‘rish, turli xil da’vatlarni qabul qilish yoqadi.
Uning tasavvuri juda boy. U har doim har xil voqealarni o‘ylab topadi, o‘zining tasavvuridagi do‘stlari bor.
U ayniqsa ma’lum bir sohalarda qobiliyatli. Masalan, juda yaxshi rasm chizadi yoki aqlida hisoblaydi.
Kattalar bilan yaxshi munosabat o‘rnatadi. “Katta yoshlilar”ning suhbatlarini tushunadi va hatto ularda bemalol ishtirok etishi mumkin.
U ma’lumotlarni tez esda saqlab qoladi. Bu ma’lumotlarni qayerdan to‘plashi – do‘stlari bilan munosabati natijasidami, kitoblar yoki multfilmlardanmi, bu muhim emas.
U boshqacha fikrlaydi. Bolaning har bir vaziyatga nisbatan shaxsiy, ba’zan esa o‘zgacha qarashi bo‘ladi.
Darslikdagi masalalar va o‘yinchoqlarning yo‘riqnomalari unga mo‘ljallanmagani aniq!
Sizning farzandingizda iste’dodlilik belgilari bormi?
Manba: “Detstrana.ru”
Manba