Salomatlik Ayollar uchun Darhol shifokorga murojaat qilgan ma’qul: Revmatoid artritning 6 ta kutilmagan alomati

Darhol shifokorga murojaat qilgan ma’qul: Revmatoid artritning 6 ta kutilmagan alomati

O'qildi: 214


Darhol shifokorga murojaat qilgan ma’qul: Revmatoid artritning 6 ta kutilmagan alomati

Bo‘g‘imlardagi og‘riq artrit xavfidan ogohlantiradi. Biroq artritning boshlanayotganidan darak beruvchi boshqa bir qancha alomatlar ham mavjud. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolarining ayrim belgilari artritga mutlaqo aloqasi yo‘qdek tuyulishi mumkin, ammo agar siz ularni sezsangiz, darhol bo‘g‘imlaringizni tekshirib ko‘ring, chunki ular artrid xavfidan ogohlantiradi.

Ko‘zlarning qichishishi va qurib qolishi

Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlar orasida ko‘z qurib qolishi sindromi yoki quruq keratokonyunktivit kabi ko‘z kasalliklari juda keng tarqalgan. Qizig‘i shundaki, ko‘z qurib qolishi erkaklarga qaraganda ayollarda tez-tez uchraydi. Agar bu sizni tashvishlantirsa, davolanish borasida maslahat olish uchun birinchi navbatda oftalmolog bilan bog‘laning.

Foto: “Lisa.ru”

Ko‘karishlar

Revmatoid artrit qondagi trombotsitlar sonining normal darajadan pastga tushishiga olib kelishi mumkin. Bu terining ko‘karish tendensiyasini oshiradi. Revmatoid artritni davolashda ishlatiladigan ba’zi dorilar bir xil ta’sirga ega. Buning sababini qon testini o‘tkazish orqali bilib olishingiz mumkin.

Teridagi toshmalar

Artrit hatto terining holatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Bemorlarda revmatoid tugunlar, shuningdek, qo‘l va oyoqlarda qichishish va toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek og‘iz bo‘shlig‘idagi yaralar vaskulit deb ataladigan jiddiy artrit bilan bog‘liq kasallikning belgilari bo‘lishi mumkin.

To‘piq va oyoqlardagi og‘riq

Revmatoid artrit to‘piq va oyoqlarda og‘riq, bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi, qizarish va shishish kabi muammolarga olib kelishi mumkin. Bularning barchasini dori-darmonlar, fizioterapiya, maxsus poyabzal, ortezlardan foydalanish yoki o‘ta og‘ir holatlarda jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkin.

Foto: “Lisa.ru”

Ko‘krakdagi qattiq og‘riq

Revmatoid artritda ko‘krak og‘rig‘i yurak-qon tomir tizimi va yurak kasalliklari bilan bog‘liq emas. Yoqimsiz tuyg‘ular qovurg‘alarni ko‘krak qafasi bilan bog‘laydigan interkostal bo‘g‘imlarning yallig‘lanishidan kelib chiqadi.

Bu og‘riq odatda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi, biroq u bir necha hafta yoki undan ko‘proq davom etishi mumkin. Simptomlarni bartaraf etish uchun kompresslardan foydalanishingiz, fizioterapiya usullarini qo‘llashingiz mumkin. Ko‘krak qafasi hududida stressni keltirib chiqaradigan va og‘riqni kuchaytiradigan jismoniy faoliyat yoki harakatlardan qochish kerak.

Agar bu usullarni bajarganingizdan keyin ham ahvolingiz yaxshilanmasa, shifokor bo‘g‘imdagi yallig‘lanishni bartaraf etish uchun kortikosteroid inyeksiyalarni taklif qilishi mumkin.

Umumiy zaiflik, charchoq

Foto: “Lisa.ru”

Surunkali kasallik temir tanqisligi animeyasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Temir tanqisligi anemiyasida bo‘lgani kabi, bu holatda qondagi temir darajasi ham past bo‘ladi, shuning uchun zaiflik paydo bo‘ladi. Biroq tanadagi temir zahiralari normal yoki yuqori darajada bo‘lsa ham, u past bo‘lib qoladi. Zaiflikning sababini aniqlash uchun birinchi navbatda to‘liq qon testini o‘tkazish maqsadga muvofiq.


Mavzuga doir

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.