“Smartfonlar asri” kasalligi: raqamli aqliy zaiflik nima va uni qanday aniqlash mumkin?
Yigirma yil oldin insonlar xotirjamlik bilan bir necha o‘nlab telefon raqamlarini yodda tutishgan va bugungi kunda, besh daqiqadan so‘ng, ko‘pchiligimiz suhbatdoshimizning aytgan gaplarini unutib qo‘yamiz. Mutaxassislar aqlli qurilmalarimiz haddan tashqari aqlli bo‘lib borayotgani sababli raqamli aqliy zaiflik insoniyatga tahdid solayotgani haqida ogohlantirmoqda.
Foto: The VoiceMiya
Kundalik vazifalarni bajarishni qurilmalarga ishonamiz va bugungi kunda hech kim qarindoshlari va do‘stlarining raqamlarini eslab qolmaydi va xaridlar ro‘yxatini xotirasiga o‘rnatmaydi. Bir tomondan, bu juda yaxshi, chunki u vaqt va energiyani tejaydi. Boshqa tomondan, biz miyamizni mashq qildirishni to‘xtatdik va uning ishlashini xavf ostiga qo‘ydik. Mutaxassislar allaqachon bu hodisaning nomini topdi va bu jarayonni raqamli aqliy zaiflik deb atashdi.
O‘zingizni o‘zingiz davolamang
Doim yodda tuting: bu kasallikning tashxisini faqat shifokor qo‘yishi va davolanishni buyurishi mumkin.
Raqamli aqliy zaiflik nima va u nima sababdan paydo bo‘ladi?
Amerikalik yozuvchi va miya bilan ishlash mutaxassisi Jim Kvik bu bezovta qiluvchi hodisani quyidagicha izohlaydi: “Raqamli aqliy xaiflikning markazida aqlli qurilmalar bizni kamroq aqlli qiladi degan tushuncha mavjud. Gadjetlar insonlar uchun o‘ziga xos tashqi xotiraga aylandi, shuning uchun biz hozirda o‘z xotiramizdan foydalanmaymiz”.
Foto: The VoiceAgar miya har kuni mashq qilmasa, yodlash qobiliyati tezda yo‘qola boshlaydi. Bundan tashqari, ekran vaqtining o‘zi ham miyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: kompyuter qarshisida va qo‘lda telefon bilan qancha vaqt o‘tkazsak, Alsgeymer kasalligi va “haqiqiy” aqliy zaiflikning erta boshlanishi xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Raqamli aqliy zaiflik borligini qanday aniqlash mumkin?
Jim Kvik bu kabi signallarni sanab o‘tadi: ular deyarli ko‘rinmas bo‘lishi mumkin, ammo juda bezovta qiluvchi bo‘lib chiqadi.
Oddiy aqliy operatsiyalarni bajarish siz uchun qiyin bo‘ladi
Yaqin-yaqingacha xarid qilganingizda boshingizda hisoblash muammosi yo‘q edi, biroq hozir doim smartfoningizdagi kalkulyatordan foydalanasizmi?Bu raqamli aqliy zaiflikning belgisi bo‘lishi mumkin. Kognitiv qobiliyatlar raqamli qurilmalardan ortiqcha foydalanishdan aziyat chekadi.
Foto: “Yandeks.ru”Siz uzoq vaqt davomida diqqatingizni jamlay olmaysiz
Diqqatni bir vazifaga qaratish qobiliyatimiz chalg‘ishga odatlanganligimizdan aziyat chekmoqda: yozishmalar, memlar, rilslarni tomosha qilish yoki to‘satdan xayolga kelgan savolga javob izlash uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirish tez chalg‘ish odatini paydo qiladi. Ushbu turdagi odatning odatiy yon ta’siri shundaki, bugungi kunda kam sonli insonlar o‘zlarining smartfonlarini tekshirish uchun ikki soatlik filmni to‘xtovsiz tomosha qilishlari mumkin.
Qisqa muddatli xotira
Siz muntazam ravishda suhbatdoshingiz aytgan so‘zlarni unutib qo‘yasizmi va sanalar, ismlar va boshqa faktlar tom ma’noda noma’lum tomonga uchib ketadimi?Bu aqlli qurilma aloqasidan haddan tashqari foydalanish natijasi bo‘lishi mumkin, sizning miyangiz bu ma’lumotni saqlab qolishga harakat qilmaydi, chunki u istalgan vaqtda uni smartfoningizda ko‘rishingiz mumkinligini biladi.
Foto: “Yandeks.ru”Raqamli aqliy zaiflikni davolash mumkinmi?
Raqamli aqliy zaiflikni davolash terapiyasi bor deb taxmin qilinadi va buning uchun siz doim miyani mashq qildirishingiz kerak. Telefon raqamlarini o‘rganing, arifmetik masalalar va boshqotirmalarni yeching. Chet tilini o‘rganish ham yangi neyron aloqalarni yaratish va dangasalarni faollashtirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Sudoku, Wordle ham juda foydali.
Eng muhimi — o‘zingizni aldamasdan muntazam raqamli detoks bilan shug‘ullanish. Raqamli aqliy zaiflikning umidsiz qurboni bo‘lmaslik uchun har kuni unga e’tibor bering. Kitob o‘qing, kino tomosha qiling, sport bilan shug‘ullaning, sayr qiling va muloqot qiling, unutmang qo‘lingizda va cho‘ntagingizda qurilmalar bo‘lmasligi kerak. Bizga aqlli qurilmalardan uzoqda o‘tirish uchun kuniga bir necha soat kerak va bu gadjetlarga qaramlikdan qutulishga yordam beradigan muhim qadamdir.
Manba