Salomatlik Ayollar uchun Ulardan voz keching: Vazn yo‘qotishingizga xalaqit beradigan uch mahsulot

Ulardan voz keching: Vazn yo‘qotishingizga xalaqit beradigan uch mahsulot

O'qildi: 145


Ulardan voz keching: Vazn yo‘qotishingizga xalaqit beradigan uch mahsulot

Agar ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni istasangiz, biroq bu ishni qanday boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz diyetolog va vazn yo‘qotish bo‘yicha mutaxassis Maykl Moslining diyetadan eng zararli mahsulotlarning uch guruhini chiqarib tashlash borasidagi tavsiyalariga amal qiling. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, quyida keltiriladigan mahsulotlar organizmning asosiy dushmanlari bo‘lib, ulardan voz kechish metabolizmni tezlashtirishga va tanadagi yog‘larning erishiga yordam beradi.

Shakar va shakarli mahsulotlar

“Shakar, shirin ichimliklar va shirinliklar iste’mol qilishni kamaytiring”, — deb maslahat beradi doktor Mosli intervyularining birida. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, shakar va turli shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish nafaqat semirib ketish, balki yurak xastaliklari, gipertoniya va yallig‘lanish xavfini ham oshiradi. Shuning uchun shirinliklar miqdorini kamaytirish nafaqat vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar uchun, balki sog‘lig‘ini saqlashni istaganlar uchun ham tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire 

Kraxmalli uglevodlar

Oq non, makaron, kartoshka, oq guruch Maykl Moslining “qora ro‘yxatiga” kiritilgan. “Uning o‘rniga bulg‘or qalampiri, javdar, arpa, yovvoyi guruch va grechka kabi donli mahsulotlarni iste’mol qiling”, — deb maslahat beradi diyetolog.

Yasmiq, loviya va no‘xat kabi dukkakli mahsulotlar ham kraxmalli uglevodlarning o‘rnini bosadi. Ularni go‘sht, baliq yoki sabzavotlar bilan iste’mol qilish mumkin.

Foto: Marie Claire 

Qayta ishlangan mahsulotlar

Qayta ishlangan mahsulotlar har qanday kuchli qayta ishlash jarayonlaridan o‘tgan oziq-ovqat hisoblanadi. Bu konservalangan, muzlatilgan, isitilgan yoki boshqa turdagi mahsulotlar bo‘lishi mumkin. Odatiy tarzda, bunday oziq-ovqat mahsulotlarida kimyoviy qo‘shimchalar va turli xil sun’iy moddalar mavjud. Eng ommabop va eng zararli qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga tez tayyorlanadigan taomlar, chipslar, muzqaymoqlar, ko‘pchilik do‘konlarda sotib oladigan shirinliklar, kolbasalar, muzlatilgan ovqatlar, barcha tez tayyor bo‘ladigan mahsulotlari va boshqalar kiradi.

Foto: Marie Claire 

Moslining ta’kidlashicha, bunday oziq-ovqat tom ma’noda shakar, yog‘ va tuz, shuningdek, kimyoviy aromatlar va konservantlar bilan to‘ldiriladi, bu esa vazn yo‘qotayotgan insonlarga yordam bera olmaydi.


Mavzuga doir

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.