Salomatlik Salomatlik Metabolizmni bir necha martaga tezlashtirishga yordam beradigan mahsulotlar

Metabolizmni bir necha martaga tezlashtirishga yordam beradigan mahsulotlar

O'qildi: 342


Metabolizmni bir necha martaga tezlashtirishga yordam beradigan mahsulotlar

Ushbu mahsulotlar ratsionga kiritilsa, tez orada organizmda yoqimli o‘zgarishlar yuz beradi.

Foto: Grazia

Qizil qalampir kukuni

Oksford Politexnika Instituti shuni aniqladiki, bu ziravor ovqatdan keyin ikki-uch soat ichida metabolizmni 15-20 foizga tezlashtiradi.

Dolchin

Dolchin tarkibidagi insulin molekulalariga ta’sir qiluvchi moddalar odamning uglevod va yog‘ almashinuvini o‘rtacha 20 foizga yaxshilaydi.

Zanjabil

Foto: Grazia

Bu ildiz me’da shirasining fermentlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan organik kislotalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, uning yordami bilan metabolizm o‘rtacha 20 foizga tezlashadi.

Xantal

Atigi yarim choy qoshiq kuchli xantal metabolizmni qo‘shimcha 20-25 foizga tezlashtiradi. Gap shundaki, xantal yog‘ni energiyaga aylantirish uchun mas’ul bo‘lgan gormonlar ishlab chiqarilishi rag‘batlantiradi.

Suv

Foto: Grazia

Bir stakan sovuq suvdan keyin organizmni isitish uchun yog‘ hujayralari energiyani safarbar qilishi kerak bo‘ladi va bu metabolizmni bir vaqtning o‘zida 30 foizga tezlashtiradi. Lekin bu ta’sirga erishish uchun suvni besh darajagacha sovitish kerak.

Mavzuga doir:

  • Qishdan keyin vitamin yetishmasligi: organizmga quvvat beradigan mahsulotlar
  • Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan vitamin va mikroelementlar
  • Har kuni bir bo‘lak limon iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir qiladi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.