Kompyuter, klaviatura va boshqa texnik jihozlarga zarar bermasdan qanday tozalash kerak?
Noutbuk va kompyuterlardan qanchalik ko‘p foydalanish hisobga olinsa, ularda chang to‘planishi ajablanarli emas. Shuning uchun tozalashda kompyuter uskunalari va mobil telefonlar e’tibordan chetda qolmasligi juda muhimdir. “Noviy ochag” nashri kompyuter uskunalari, smartfonlar va planshetlarni qanday qilib to‘g‘ri va qancha muddatda tozalash, qanday mahsulotlarni hech qachon ishlatmaslik kerakligini ma’lum qildi.
Foto: “Noviy ochag”Kastus kompaniyasi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, smartfonlar hojatxonaga qaraganda 10 barobar ko‘proq bakteriyalarni o‘z ichiga oladi. Shunga qaramay, so‘rovda qatnashganlarning 65 foizi mobil telefonlarini hech qachon tozalamasliklarini aytib o‘tgan. Biroq telefon muntazam tozalashga muhtoj bo‘lgan yagona qurilma emas. Bu kompyuter, sichqoncha va noutbukka ham tegishli. Agar siz ular muntazam tozalanmasa, bu gadjetlarning barchasi bakteriyalar uchun ko‘payish maydoniga aylanishi mumkin.
Smartfon va planshetni qanday tozalash kerak?
Shuni yodda tutish kerakki, smartfon va planshetlarni tozalashda oyna tozalagichlar, kuchli kimyoviy moddalar yoki tozalovchi erituvchilardan foydalanmaslik lozim. Chunki ular ekran qoplamasiga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, ekranga hech narsa sepmaslik kerak.
Ekran uchun mikrofiber kabi yumshoq, tuklarsiz matodan foydalanish mumkin. Uni hech qachon qog‘oz salfetkalar bilan tozalab bo‘lmaydi, chunki ular ekranni chizib yuborishi mumkin. Bakteriyalarni olib tashlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan maxsus ekran salfetkalari ham mavjud.
Agar ekranda barmoq izlari, chang yoki dog‘lar bo‘lsa, ekranni quruq mikrofiber mato bilan bilan artib olish mumkin. Mukammal suratlar uchun kamera linzalarini ham tozalashni unutmaslik lozim.
Noutbukni qanday tozalash kerak?
Foto: “Noviy ochag”Kompyuter jihozlarini toza holatda saqlash va uni mikroblardan himoya qilish uchun haftada bir marta tozalashni unutmaslik lozim. Smartfonda bo‘lgani kabi, noutbukning ustki qismi va korpusini tozalash uchun mikrofiber matodan foydalanish mumkin. Ustki qismdagi dog‘larni olib tashlash uchun matoni ozgina namlash tavsiya etiladi. Klaviatura ham nam yumshoq mato bilan artib olinadi.
Kompyuter ekranini qanday tozalash kerak?
Foto: “Noviy ochag”Qora ekranda chang va dog‘ni ko‘rish ancha oson, shuning uchun avval ekranni o‘chirish tavsiya etiladi. Ekrandagi dog‘lardan xalos bo‘lish uchun mikrofiber matodan foydalanish mumkin. Tozalashda juda ko‘p bosim o‘tkazmaslik lozim, chunki bu qurilmaga zarar yetkazadi.
Agar ekranda o‘ta yomon dog‘lar bo‘lsa, quruq mato yetarli bo‘lmasligi mumkin. Keyin ekranni tozalash uchun maxsus vosita yoki salfetkalardan foydalaniladi. Avval kompyuter ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan parvarishlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni tekshirib ko‘rish kerak, chunki ularning ba’zilariga tozalash vositalarini ishlatish tavsiya etilmaydi. Agar sepiladigan vositalar ishlatilishi mumkin bo‘lsa, avval uni ekranning o‘ziga emas, balki toza, tuklarsiz matoga sepiladi. Keyin ekran yuzasi salfetka bilan artib olinadi.
Klaviaturani qanday tozalash kerak?
Foto: “Noviy ochag”Klaviaturada to‘planadigan mikroblar soniga hayron qolish mumkin. Printerland tadqiqotiga ko‘ra, 6,5 sm kvadratga taxminan 3295 mikrob to‘g‘ri keladi.Agar noutbuk klaviaturasini tozalamoqchi bo‘lsangiz, avvalo qurilmani o‘chirib qo‘yganingizga ishonch hosil qiling. Klaviatura teskari tomonga qaratilib, tugmachalar orasiga yopishib qolgan changni to‘kib tashlash uchun sekin silkitiladi.
Klaviaturaga yopishtirilgan stiker va boshqa narsalar olinadi, chunki chang ularning qirralariga ham yopishib qoladi.
Makiyaj uchun salfetkada klaviaturaning yuqori qismi artib olinadi, tugmachalardan yog‘ yoki oziq-ovqat qoldiqlari olib tashlanadi. Shuningdek, maxsus antibakterial klaviatura salfetkalardan ham foydalanish mumkin. Klaviatura juda yomon bo‘lib ketmasligi uchun haftada bir marta tozalash tavsiya etiladi.
Kompyuter sichqonchasini qanday tozalash kerak?
Foto: “Noviy ochag”Avval sichqonchani elektr tarmog‘idan uziladi yoki o‘chiriladi va batareyalari chiqarib olinadi. Sichqoncha ozgina namlangan mato bilan artib olinadi.4
Kompyuter va boshqa jihozlarni tozalashda nimalar mumkin emas?
Foto: “Noviy ochag”- Hech qachon suyuq tozalash vositalari yoki suvni kompyuterning biron bir qismiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash mumkin emas. Har doim mato yoki mikrofiber matoni namlash va u bilan tozalash mumkin.Suv va aksariyat suyuqliklar kompyuterning qisqa tutashuv yoki jiddiy zararlanishiga olib kelishi mumkin.
- Bundan tashqari, kompyuterni qayta yoqishdan oldin uni to‘liq quritish kerak. Bu ko‘p vaqt talab qilmaydi. Agar qurilmani tozalash uchun ishlatgan mato ozgina nam bo‘lsa, taxminan 5 daqiqa yoki undan ko‘proq kutish mumkin.
- Ammiak yoki oqartirgichga asoslangan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
- Noutbuk va kompyuterni tozalashning asosiy qoidasi sirtga imkon qadar kamroq bosim o‘tkazishdir. Ushbu tamoyilga rioya qilish qurilmaning ishdan chiqishining eng keng tarqalgan sabablaridan birini oldini olishga yordam beradi.
Manba