Erkaklarga Instagram’dagi qizlarning qanday rasmlari yoqmaydi?
Ijtimoiy tarmoqlarga turli-tuman fotolar joylash bugungi kunda urfga aylangan. “Peopletalk.ru” nashri turli yoshdagi 50 dan ortiq yigitlar va erkaklar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi hamda qanday rasmlar ushbu jins vakillariga yoqmasligiga to‘xtaldi. Quyida ularni e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: “Peopletalk.ru”Cheksiz selfilar
Foto: “Peopletalk.ru”Har narsani me’yori bo‘lgani yaxshidek, fotolar xususan selfilar ham ortiqcha bo‘lmagani yaxshi. Ayniqsa, bir xil uslubdagi qarashlar, mimikalar aks etgan selfilar nafaqat erkaklar, balki boshqalarga ham yoqmasligi aniq.
Guldastali surat
Foto: “Peopletalk.ru”Foto: “Peopletalk.ru”Gullar albatta yaxshi, lekin dugonasining guli bilan suratga tushish, uni storizga qo‘yish, umuman duch kelgan guldastani ko‘tarib olib surat ulashishning keragi yo‘q.
Surat tagidagi aqlli aforizmlar
Ba’zida foto sizda yaxshi taassurot qoldiradi, lekin uning tagida boshqa bir inson tomonidan aytilgan aforizm va yozilgan she’rni ko‘chirib qo‘yilganligini bilib, odamning ensasi qotadi. Aqlli fikrni ko‘chirib yozgan bilan kishi aqlli bo‘lib qolmasligi nafaqat qizlar, balki yigitlarga ham taalluqli.
Qimmatbaho mashinalarda tushilgan suratlar
Foto: “Peopletalk.ru”Bunday suratlarning maqtanish uchun joylangani bilinib turadi va kishining g‘ashiga tegadi.
Fotoshop qilingan suratlar
Foto: “Peopletalk.ru”Bunday suratlar ayniqsa selfilarda ochiqchasiga ko‘zga tashlanadi. Agar surat undagi yigit yo qizning effekt va fotoshoplangani bilan yaqqol farq qilsa, bu odamning o‘ziga bo‘lgan ishonchi kamligidan dalolat.
Mavzuga doir:
Manba