Salomatlik Ayollar uchun Haqiqatan ham vazn kamaytirishda asqatadigan 5 ta maslahat

Haqiqatan ham vazn kamaytirishda asqatadigan 5 ta maslahat

O'qildi: 282


Haqiqatan ham vazn kamaytirishda asqatadigan 5 ta maslahat

Agar bir necha kilogramm vazn yo‘qotishga jiddiy yondashsangiz, do‘stlardan vazn kamaytirishning zamonaviy usullari haqida so‘rashga vaqt sarflamang, balki muammoni o‘zingiz hal qilishga harakat qiling. To‘g‘ri strategiyani aniqlashga yordam beradigan asosiy savollar “So‘nggi vaqtlarda semirishimga nima sabab bo‘lyapti?” va “Vazn kamaytirish uchun ovqatlanish odatlarimda nimani o‘zgartirishim kerak?” qabilida bo‘lishi tabiiy. Ammo muvaffaqiyat qisqa muddat ichida ortiqcha vazndan xalos bo‘lish bilan bog‘liq emas, ular tezda o‘z o‘rnini to‘ldirishi mumkin, shuning uchun ham ovqatlanish va turmush tarziga yondashuvni o‘zgartirish kerak, deb yozadi Elle.

Foto: Pinterest

Kaloriya sarflashdan ko‘ra, uni kamaytirish oson

To‘g‘ri ovqatlanish ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qiladi, lekin umuman olganda, vazn yo‘qotish qoidasi oddiy: iste’mol qilgandan ko‘ra ko‘proq kaloriya sarflang. Og‘irlikni keltirib chiqaradigan yoki kilogramm kamaytirishga to‘sqinlik qiladigan tibbiy asoratlar bo‘lmasa, asosiy sir yengil menyuga o‘tishda. Yana bir bor mustahkamlash uchun: kaloriyalardan xalos bo'lishning eng samarali usuli — yetkazib berish nuqtasida. Ortiqcha vazn bilan kurashish uchun birinchi navbatda ratsionni qayta ko‘rib chiqish kerak.

Parhez mashqlardan ko‘ra samarali

Vazn kamaytirish 80 foiz parhezni va faqat 20 foiz jismoniy faoliyatni tashkil qiladi. Mashq qilish metabolizmni tezlashtiradi, kaloriyalarni eritadi va umumiy salomatlik uchun juda yaxshi, ammo ortiqcha vaznga qarshi sehrli kuchga ega emas. Bundan tashqari, shuni hisobga olish kerakki, mashqlar ishtahani ochadi — kaloriyalarni sarflash bilan organizm uni to‘ldirish zarurati haqida signal beradi.

Agar har kuni ishdan keyin sport zalida shug‘ullanilsa, keyin to‘yib ovqatlanish istagi paydo bo‘ladi. Chunki yengil vitaminli salatni rejalashtirishning imkoni bo‘lmaydi, natijada fitnes foydasi nolga tushadi. Vazn yo‘qotish uchun kunni to‘g‘ri ovqatlanishga bag‘ishlash ancha samarali.

Majburlamang, o‘zingizni ishontiring

Niyat qilishda, odatda, har qanday maqsadga o‘z-o‘zini nazorat qilish orqali erishiladi, degan munosabatga tayanamiz. Haqiqatan ham bir muncha vaqt o‘ta intizomli bo‘lish mumkin, lekin oxir-oqibat charchaymiz va taskin beruvchi zaif tomonlarga qaytamiz. Vazn kamaytirish yo‘lidan voz kechmaslik uchun o‘zingizni tartib-intizomga majburlamang, balki sog‘lom odatlarni rivojlantirishga yondashing.

Ovqatlanishda yangi yondashuvni ishlab chiqishda, shuningdek, har bir kishi duch keladigan biologik va madaniy to‘siqlardan xabardor bo‘lish muhimdir. Ortiqcha ovqatlanish fikri genlarimizga millionlab yillar davomida evolyutsiyada singib ketgan. Oshqozonni to‘ldirishga moyillik iste’molchilarga shakar va konservantlar bilan to‘ldirilgan sifatsiz va arzon mahsulotlarni taklif etadigan foydaga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizim bilan kuchayadi. Ammo imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q, iroda va xarakter vasvasalarni yengishga yordam beradi. Agar chindan ham xohlasangiz.

Odatlar ozishga to‘sqinlik qiladi

Vaziyatni o‘rganib, kundalik ratsionni tahlil qilgandan so‘ng, kerak bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq ovqatlanishga majbur qiladigan yomon odatlarni topasiz. Aytaylik, kunning aksariyat qismida chegaralar ichida bo‘lib, kechki ovqatda hammasi unutiladi va avvalgidek davom etadi. Kimlardir shirinliklardan o‘zini tiya olmaydi.

Shubhasiz, shakar, kraxmal, qayta ishlangan mahsulot iste’molini kamaytirish va sabzavot, ko‘kat, yong‘oq, don, mevalarga ustunlik berib, ratsionni o‘zgartirish vaqti keldi. Buning uchun vegetarian bo‘lish shart emas, lekin go‘shtni qisman rad etish haqida o‘ylash kerak: baliq va tovuq go‘shti eng yaxshi tanlovdir.

Ovqatlanish xobbi emas, energiya manbaidir

Ovqatlanish televizor yoki smartfon orqali biror narsa tomosha qilish bilan birgalikda bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, ovqatlanib bo‘lgach ham darrov smartfon yoki televizor pultiga qo‘lni uzatmaslik lozim. Dasturxondan turib, idishlarni yuving, sayr qiling yoki kimdir bilan suhbatlashing.

Odatlarni kuzatib borganda, albatta, e’tibor beradigan yana bir jihat shundaki, ortiqcha ovqatlanish ko‘pincha zerikishdan kelib chiqadi. Oziq-ovqat haqida unutish uchun bahona izlang, uydan chiqishga harakat qiling va shunga mos ravishda muzlatgichdan uzoqroq bo‘ling. Ammo agar televizor qarshisida o‘tirsangiz, bir quti popkorn yoki shirinlik vasvasasiga tushmaslik kerak, aksincha yong‘oq va sabzavot iste’mol qilish tavsiya etiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.