Salomatlik Ayollar uchun Dugonalar qanday qilib hayotingizni barbod qilishi mumkin?

Dugonalar qanday qilib hayotingizni barbod qilishi mumkin?

O'qildi: 373


Dugonalar qanday qilib hayotingizni barbod qilishi mumkin?

Ayollar uchun do‘stlik juda qadrli va muhim, sababi do‘st nafaqat qiyin sharoitda yordam beradi, balki quvonchli daqiqalarni ham baham ko‘radi. Shuningdek, ular hayotni butunlay izdan chiqarib yuborishi ham mumkin.

Foto: “krassever.ru”

Jamiyatda ayol kishi o‘rtasida do‘stlik mavjud emas, degan qarash bor. Shunday bo‘lgan taqdirda ham ular orasida do‘stlik aloqalari o‘rnatilaveradi.

Ayollar do‘st bo‘la oladimi?

Ayollar do‘stligi, albatta, tabiatan erkaklarnikidan farq qiladi. Erkaklar bunga juda jiddiy qaraydi, masalan, sevgisi uchun hech qachon do‘stini tark etmaydi. Shuningdek, ular bilan chambarchas bog‘langan odat va mashg‘ulotlarni ham tark etmaydi. Ayollar esa yillab birga bo‘lgan dugonasi bilan osongina xayrlasha oladi. Arzimagan sabab tufayli yoki ikki xil tanlov uchun ham aloqalarni uzishi mumkin.

Ayol uchun do‘stlik katta ahamiyatga ega emas. Chunki dugonalar faqatgina ayrim masalalarni hal qilish, muloqot va bo‘sh vaqtni o‘tkazish uchungina kerak bo‘ladi. Ayollar o‘z doirasiga mansub ayollar bilan do‘stlashishi mumkin. Masalan, bir bog‘chaga farzandini olib boradigan, bir kursda o‘qiydigan, bir joyda ishlaydigan kabi. Shuning uchun ham ular orasidagi do‘stlik uzoqqa cho‘zilmaydi. Bolalar maktabga borishi yoki kurs yakunlanishi bilan ular orasidagi aloqa ham tugaydi. Umuman olganda ularni bog‘lab turuvchi narsa yo‘q bo‘lganligi tufayli endi do‘stlikni mantiqsiz deb o‘ylaydi.

Ba’zan hayotni izdan chiqib ketishiga do‘stlar sababchi bo‘lishi mumkinligi xayolimizga ham kelmaydi.

 

Biron manfaatni ko‘zlab do‘st tutinish

Hamisha o‘ziga nisbatan pastroq darajadagi qiz bilan do‘stlashish, shu tufayli ham o‘z qadr-qimmatini oshirish, shaxsiy hayotini tartibga solish, jozibasi kamroq inson fonida o‘zini yaxshi qilish uslubidagi do‘stlik bugungi kunda kam emas. Bu ko‘pincha yosh qizlar orasida uchraydi.

Hasrat qilish uchun do‘st

Ba’zi xonimlar o‘zi tan olishni yoqtirmaydi. Ularning do‘stga ehtiyoji bo‘lib, hamisha hayotdan shikoyat qiladi. Hammada ham ko‘pincha do‘stiga yomon voqeliklarni hikoya qilib berish odati mavjud. Lekin ular yaxshilikni baham ko‘rmaydi.

Manfaat doirasidagi do‘stlik

Moddiy kelishuv tufayli insonlar orasida do‘stlik bo‘lishi mumkin. Masalan, ularning biri ikkinchisiga faqatgina pul yoki foydali tanishlari tufayligina do‘st bo‘ladi. Ehtimol, ularga shaxsiy muammolar umuman ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Albatta, bundan hayratlanishning keragi yo‘q. Vaziyat shuni talab etadi.

Do‘stga hasad qilish

Ayrim ayollar bir do‘stini ikkinchisiga yomonlash holati juda ko‘p kuzatiladi. Ular bu holatni shunchaki haqiqat yoki muhokamaga yo‘yadi va o‘z qilmishidan uyalmaydi. Chunki ular o‘z jinsiga oid vakillar bilan hamisha raqobatda bo‘ladi.

Taklif qilinmagan do‘stlik

Deyarli barcha ayollar o‘z hayotini do‘stlari bilan muhokama qiladi. Ular uchun har qanday vaziyatda ham do‘stining fikrini tinglashi muhim. Shuning uchun ham yaqin do‘stlargina chinakamiga psixolog sifatida yordam berishga harakat qiladi.

Lekin nima bo‘lganda ham, ayollardan eng yaxshi do‘st kim deb so‘ralganda hamisha turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatadi. Chunki u doimo tinglaydi. Sirlarga xiyonat qilmaydi, ko‘chaga olib chiqmaydi. Olgan ma’lumotlardan o‘zingizga qarshi foydalanmaydi. Maslahat bersa, har tomonlama o‘ylaydi. Zarar berishdan manfaatdor emas, hasad qilmaydi. Demak, ayollar do‘stlikka nisbatan turmushda baxtli insonlardir.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.