Salomatlik Ayollar uchun Stress tufayli shirinlikka moyillik kuzatilsa: Uning o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 3 yegulik

Stress tufayli shirinlikka moyillik kuzatilsa: Uning o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 3 yegulik

O'qildi: 284


Stress tufayli shirinlikka moyillik kuzatilsa: Uning o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 3 yegulik

Ortiqcha vazn nafaqat salomatlik, balki kishi o‘zini qanday his qilishiga ham ta’sir qiladi. Ushbu muammolardan qutulish uchun esa o‘z vaqtida shirinliklardan tiyilishni bilish kerak.

Shakar kayfiyatga ta’sir qiladimi?

Shokolad yoki ponchik iste’molidan keyin kishi o‘zini energiyaga to‘lgandek his qilish mumkin, ammo o‘tkazilgan tadqiqotlarda aslida kayfiyat ko‘tarilmasligi, aksincha ta’sir etishi aniqlangan. Olimlar shakarning 60 yoshdan katta odamlarda xavotir oshishi bilan aloqadorligi borligini aniqlagan.

Shakar stressga chidamlilikni kamaytiradi

Xavotir va tashvishli vaziyatlarda shirinlik yeyish istagi paydo bo‘ladi, ammo bora-bora shirinlikka o‘rganib qolgan organizmning stressga nisbatan chidamliligi pasayib boradi.

Qand va depressiya

Kechgacha ishlab, toliqqandan keyin shirinlik iste’moliga bo‘lgan talab yuqori bo‘ladi. Shakarni haddan ortiq iste’mol qilgandan keyin miyada ayrim moddalar disbalansi yuzaga keladi, bu esa depressiya boshlanishiga olib keladi.

Shirinlikdan voz kechish sarosimaga tushishga sababchi bo‘ladi

Shirinlikdan voz kechish jizzakilik, charchoq va xavotirni his qilishga sabab bo‘ladi. “Oq narkotik” deb nomlanadigan shakar iste’moli to‘xtatilsa, organizmda xuddi zararli odatlardan voz kechilgandagidek holat kuzatiladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Shirinlik o‘rniga nima yegan yaxshi?

Choyli smuzi

Kerakli mahsulotlar:

  • Avokado;
  • Bodom yog‘i — 1 choy qoshiq;
  • Sut — 1 stakan;
  • Oqsil kukuni;
  • Dolchin, yong‘oq;
  • Vanilin.
Tayyorlanish jarayoni:

Barcha mahsulotlarni blenderda aralashtirish kerak. Choy va asal ham qo‘shsangiz bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Tarvuzli shirinlik

Kerakli mahsulotlar:

  • Kesilgan tarvuz — 4 stakan;
  • Asal — 1 osh qoshiq;
  • Layma yoki limon sharbati;
  • Layma yoki limonning qirg‘ichdan chiqarilgan po‘stlog‘i.
Tayyorlanish jarayoni:

Barcha mahsulotlarni blenderda aralashtirib olgandan keyin muzqaymoq yoki oddiy muz formasiga soling va muzlatkichga qo‘ying.

Shirin kartoshka

Kerakli mahsulotlar:

  • Zaytun yog‘i — 0,5 stakan;
  • Qizil yoki oq miso-pastasi;
  • Tuz;
  • Kartoshka — 4 dona.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Shirin kartoshkalarni o‘rtacha kattalikda kesib oling.
  • Marinadlash uchun barcha mahsulotlarni aralashtiring.
  • 200 daraja olovda 20-25 daqiqa davomida pishirib oling.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.