Muzlagan sharbat va bolani mashinada sayr qildirish: ko‘p bolali onalar uchun ajoyib layfxaklar
O'qildi: 306
Onalar barchasiga ulgurishi kerak. Ketchup tomgan futbolkani tozalash uchun avval uni quyosh nurida quritib, so‘ngra yuvilsa, sariq dog‘lardan asar ham qolmaydi. Sutni qanday qilib uzoq muddat saqlash va bolani mashinada sayr qildirishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida quyidagi tavsiyalar, albatta, qo‘l keladi.
Foto: “Domashniy ochag”Ish, bola va ro‘zg‘or — britaniyalik onalar bularni bajarishda yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.
- Uyda doimo makaron pastasi, tuxum va sous bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Shundagina nonushta va tushlik uchun tezpishar taom tayyorlash mumkin.
- Agar bola uchun olib ketiladigan ovqatlar bo‘lsa, doimo ikkitadan idish olishni yodda saqlash lozim. Birinchi idish yuvishga qo‘yilganda, ikkinchisidan bemalol foydalanish mumkin.
- Agar bola bilan uzoq safarga chiqish kerak bo‘lsa, sharbatni muzlatkichga qo‘yish kerak. So‘ngra yo‘lga chiqqach, sharbat havo haroratida eriydi va bolaga uni manzilga yaqinlashgach ichirish mumkin.
- Ikki kunlik safarga otlanishdan avval sutning sifati yomonlashmasligi uchun uni muz qolipiga quyib, muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi. Uyga qaytgach, ularning bo‘lagini qahva yoki kakaoga solib, ichish mumkin.
- Har qanday salat uchun masalliqlarni to‘g‘rab, maxsus idishlarga solib qo‘yish lozim. So‘ngra ular muzlatkichda qoldiriladi. Erta tongda esa ularga shunchaki mayonez yoki yogurt solib aralashtirish kifoya.
- Taom uchun muzlatilgan masalliqlarga pul sarflash tavsiya etilmaydi. Britaniyalik erkaklardan biri hattoki piyozni ham yig‘lamaslik uchun to‘g‘ralganini sotib oladi. Bu bilan tejamkorlikka erishib bo‘lmaydi.
- Bolaning yuviladigan kiyimlari uchun alohida quti bo‘lishi kerak. Kir yuvish jarayonida ularni ajratish uzoq vaqtni olmaydi.
- Kir yuvish mashinasi uchun alohida qopcha sotib olish kerak. So‘ngra ularda paypoq va boshqa kichik kiyimlarni yuvish mumkin. Shunda ularni katta kiyimlar ichidan izlashga hojat qolmaydi.
- Shuningdek, adyolning qaysi tarafi bosh va oyoq qismini farqlash qiyin bo‘lsa, unga maxsus belgi qo‘yish mumkin. Masalan, rangli iplar yordamida.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.