Stressni bir zumda bartaraf qiluvchi ofisda bajarish mumkin bo‘lgan 5 mashq
Surunkali stress mushaklar spazmiga olib keladi. Bu esa qomatni tik tutish bilan bog‘liq muammolar, bosh og‘rig‘i va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Psixolog va psixosomatolog Marina Spirande stressdan xalos qilishga yordam beradigan ish joyida ham bajarish mumkin bo‘lgan mashqlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: Time for Woman1-mashq
Oyoqlarni yelka kengligida oching. Tanani maksimal darajada orqaga tashlang. Keyin esa tanani oldinga tashlang. Ketma-ketlikni 10-15 marta takrorlang.
2-mashq
Boshingizni yuqoriga ko‘taring. Qo‘llarni keng oching, qo‘llaringizni orqa tomonda birlashtiring.
3-mashq
Mashqni bajarish uchun ikkita ruchka, qalam yoki flomaster hamda ikkita qog‘oz varag‘i kerak bo‘ladi. Asabiylashishingizga sabab bo‘lgan vaziyatni eslang, qo‘lingizdagi qalam yoki flomasterni qog‘oz bo‘ylab harakatlantiring. Bir necha daqiqadan keyin tanangiz yengillashganingizni his qilasiz. Stress bilan kurashish uchun ofisda uncha murakkab bo‘lmagan nafas mashqlarini bajarishingiz mumkin.
4-mashq
Buning uchun tilni naycha shakliga keltiring. Orasidan nafas olishga harakat qiling. Nafas chiqarganda nafas chiqaruvchi tirqishni maksimal darajada bosing.
Manba