Salomatlik Ayollar uchun Mutaxassis tavsiya qiladi: stressdan xalos bo‘lishga yordam beradigan mashqlar

Mutaxassis tavsiya qiladi: stressdan xalos bo‘lishga yordam beradigan mashqlar

O'qildi: 266


Mutaxassis tavsiya qiladi: stressdan xalos bo‘lishga yordam beradigan mashqlar

Surunkali stress mushaklarning kuchlanishiga, spazmga olib keladi va bu holatning yomonlashishi, bosh og‘rig‘i, tana assimetriyasi va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Psixolog va psixosomatolog Marina Spirande ish joyida bajarilishi mumkin bo‘lgan oddiy mashqlar to‘plamini tayyorladi. Ular stress darajasini tezda pasaytirishga yordam beradi va xotirjamlikni qaytaradi. Eng muhimi, ularni istalgan vaqtda va joyda, hatto ofisda ham bajarish mumkin.

Foto: Pinterest

Buning uchun dastlab oyoqlar yelka kengligida joylashtiriladi. Tanani iloji boricha orqaga egib, keyin oldinga asta tiklanadi va biroz bo‘sh qo‘yiladi. Ushbu mashqni 10-15 marta takrorlash tavsiya etiladi. Keyingi mashqni bajarayotgan vaqtda stressli bo‘lgan vaziyatni yodda tutish kerak. Qo‘llar orqaga qarab cho‘ziladi, ko‘krak qafas kengaytiriladi va jussa orqa tarafga tashlanadi. Ushbu mashq 10-15 marta takrorlanadi.

Navbatdagi mashg‘ulot uchun ikkita qalam va ikkita qog‘oz varag‘i kerak bo‘ladi. Stressli holat haqida o‘ylab ko‘rish va qalamlarni istagan shaklda varaq bo‘ylab harakatlantirishni boshlash kerak. Bir necha daqiqadan so‘ng tanadagi og‘irlik ketganini his qilish mumkin.

Ofisdagi stress bilan kurashish uchun yengil nafas olish mashqlarini bajarish tavsiya etiladi.

Mazkur mashg‘ulotni bajarish uchun alohida makon talab qilinmaydi. Til burama shaklga keltiriladi va u orqali nafas olinadi. Nafas chiqarayotganda un paychalari iloji boricha siqiladi. Agar mashq to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, shivirlagan tovush eshitiladi. Shuningdek, oddiygina nafas olib chiqarish ham salomatlik uchun juda foydali. Ushbu mashg‘ulotda to‘rt marta chuqur nafas olinadi, har nafas olinganda, biroz to‘xtaladi. Keyin yana to‘rt marta ushbu mashq takrorlanadi. Stress darajasiga qarab 2-15 daqiqagacha bajarish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.