Haydovchilarga tavsiya: tirbandlikda xotirjamlikni saqlash uchun nima qilish kerak?
Zamonaviy inson uchun mashinalar tirbandligida qolib ketish tabiiy hol. Tez-tez takrorlanib turadigan bunday vaziyatda eng asosiysi odam o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik. Sevimli musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishdan tashqari, yana nimalar qilish kerak va aksincha nima qilmaslik kerakligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: FreepikXavotirga soladigan hislardan qanday qutulish mumkin?
Agar vaziyatni boshqarish borasida nazoratni yo‘qotayotganingizni his qilsangiz, “grounding” deb nomlanuvchi oddiy texnika bu borada sizga yordam beradi. U ichki xavotirdan chalg‘ib, diqqatni tashqi muhitga qaratishga yordam beradi. Buning uchun atrofga qarab, ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan 5 ta buyum, teginish mumkin bo‘lgan 5 ta buyum, eshitish mumkin bo‘lgan 3 ta buyum, hidlash mumkin bo‘lgan 2 ta buyum va tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan 1 ta narsani toping. Xotirani charxlash uchun matematik mashqlar bajaring. Masalan, atrofingizdagi mashinalar sonini sanashingiz yoki raqamlarini bir-biriga qo‘shib chiqishingiz mumkin. Mashqlarni rul qarshisida o‘tirgan holda bajaring. Qorinni tarang qiling, keyin esa bo‘shashtiring. Yelkalarni ko‘tarib-tushiring va yoki boshqa chalg‘itadigan ish bilan mashg‘ul bo‘ling.
Tirbandlikda nima ko‘proq kerak bo‘ladi?
Telefon quvvatlagichKerak vaqtda chorasiz qolib ketmasligingiz uchun mashinada qo‘shimcha telefon quvvatlagich tursin.
Suv
Qishda plastik butilkani mashinada qoldirib bo‘lmaydi, shu sabab har safar ko‘chaga chiqqanda o‘zingiz bilan olishni unutmang.
Konfet yoki shokolad
Har ehtimolga qarshi och qolmaslik yoki ermak qilish uchun mashinangizda konfet yoki shokolad bo‘lsin. Yalpizlisi bo‘lsa xavotirni yo‘qotib, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishiga qarshi yaxshi samara beradi.
Stressga qarshi massajyor
Turli variant mavjud bo‘lgan massajyorlarning bo‘yin va bel qismiga mo‘ljallangan yostiq ko‘rinishidagisini xarid qiling. Bu bo‘yin, yelka sohasidagi zo‘riqishlarni yo‘qotishga yordam beradi. Yoki oddiy rezina ignali koptokcha ham yaxshi samara beradi.
Mashinadan tashqariga tushmang
Mashinani tark etib tashqariga tushishga hojat yo‘q. Negaki mashinalar to‘satdan harakatlanishni boshlashi, siz esa noxush holatga sabab bo‘lib qolishingiz mumkin. Qolaversa, mashinani nazoratsiz qoldirish ham xavfsiz emas. Tiqilinchda turgan odamlar orasida turli kimsalar bo‘lishi mumkin.
“Polosa”dan chiqib ketmang
Yo‘lning birinchi bo‘lagida turgan bo‘lsangiz, ikkinchi yoki uchinchi bo‘lakdagi mashinalar harakatlanishni boshlasa, siz ham harakatlanishga va o‘sha bo‘lakka o‘tib olmang. Negaki har safar siz va sizga o‘xshagan kishilar boshqa bo‘lakka o‘tishni boshlasa, tartibsizlik paydo bo‘lishi, bu esa turli muammolarning kelib chiqishiga olib kelish mumkin. Bir bo‘lak bo‘ylab, tartibli harakatlaning. Agar o‘zingiz turgan qatordan boshqasiga o‘tmoqchi bo‘lsangiz, sizga yo‘l berishganiga amin bo‘lganingizdan keyingina harakatlaning
Yo‘l yoqasidan o‘tib ketishga harakat qilmang
Yo‘lni chetidan o‘tib ketishga harakat qilmang. Bu nafaqat qoidalarga zid, balki madaniyatsizlik ham hisoblanadi.
Qo‘pollik qilmang va agressiv bo‘lmang
Sizga bog‘liq bo‘lmagan voqea-hodisaga asabiylashish va jizzakilik qilish foydasiz, qolaversa, bu atrofdagilar kayfiyatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Odobli va do‘stona bo‘lishga harakat qiling. Qo‘polliklarga nisbatan javob bermang, shundoq ham og‘ir bo‘lib turgan vaziyatni yanada og‘irlashtirmang.
Manba