Sarimsoqning po‘stini tashlab yuborishga shoshilmang: undan foydalanish bo‘yicha layfxak
Ko‘pchilik piyoz po‘sti foydasidan xabardor, lekin sarimsoq qobig‘i odatda chiqindiga chiqariladi. Ammo u ham ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra samaraliroq. Masalan, u eng mazali va xushbo‘y bulyonlardan birini tayyorlashga yordam beradi.
Foto: CosmopolitanSarimsoq ustini qoplagan yupqa po‘stloq u kabi o‘tkir hidga ega bo‘lmasa ham, foydalidir. Bulyon uchun bir necha bosh sarimsoq po‘stlog‘i bilan qaynatib olinadi. 10 daqiqadan so‘ng oshxona ishtahani ochuvchi sarimsoq hidi bilan to‘ladi va yana 5 daqiqadan so‘ng po‘stloqlarni suyuqlikdan olib tashlash mumkin. Natijada oltin rangga ega xushbo‘y sho‘rva tayyor bo‘ladi.
Albatta, sho‘rva pishirishdan oldin har safar bir nechta sarimsoq donalarini tozalash biroz qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun sarimsoq po‘stini alohida idishga solib saqlash tavsiya etiladi. Bu nafaqat sho‘rva uchun, balki guruch yoki sous kabi boshqa taomlar uchun asos sifatida mos keladi.
Manba