Onalar uchun tavsiyalar: qishki ta’tilni qanday o‘tkazish kerak?
Nima uchun mazkur qishki ta’tilni uyda o‘tkazish kerakligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: “Domashniy ochag”Bola birdaniga ko‘p taassurotlarni qabul qila olmasligi mumkin
Qandaydir shou, keyin pitssa tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi, ertasiga esa archa tomosha qilish, qolaversa, mehmonga borish bolani zeriktirib qo‘ymasligi aniq. Ammo shu bilan birga, bolaning psixikasi bunchalik ko‘p taassurotni qabul qila olmasligi, shuning hisobiga zavqlana olmasligi mumkin. Bunday zo‘riqish bolaning kayfiyati tushishi, injiqligi va uyqusining yomonlashishi bilan namoyon bo‘ladi.
Yangi yilga tayyorgarlikni ancha avvaldan boshlaganingiz, bayram dasturxonini bezash uchun shirinliklardan tashqari, erta turib farzandlaringizga nonushta tayyorlaganingiz, uyingizni tartibga keltirganingiz, ishlar bilan shug‘ullanishdan tashqari, orada boshqa yumushlar bilan ham mashg‘ul bo‘lganingizga shubha yo‘q. Shularni inobatga olib aytish mumkinki, nafaqat bolalar, balki sizning ham ta’tilda odamga o‘xshab dam olishga: sevimli kitobingizni mutolaa qilish, televizor tomosha qilish va istaganingizdek ko‘ngil yozishga haqqingiz bor.
Bolani o‘z holiga qo‘ying
Ta’tilda bolani ko‘ngilochar maskanlarga olib borish kerakligi rost, ammo bu doimiy bo‘lishi shart emas. Undan ko‘ra xohishiga qarab foydali mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi, yangi tildagi so‘zlarni yodlashi, surat chizishiga qo‘yib bering. Bolaning psixikasi sog‘lom bo‘lishi uchun unga doimiy ravishda foydali mashg‘ulotlar topib berishingiz emas, o‘zingiz namuna bo‘lishingiz muhimroq. Uning soatma-soat nima qilishini belgilab bermasdan, mustaqil ravishda shug‘ullanishi uchun o‘z holiga qo‘ying. Bu kelajakda o‘zini o‘zi eplay olishiga hissa qo‘shadi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ba’zida hech nima bilan shug‘ullanmaslik ham bola uchun foydali bo‘lishi, bu vaqtda muhim ichki jarayonlar kechishi: o‘zini o‘zi anglashga urinishi, nimani yoqtirishini bilishga harakat qilishi, qabul qilgan ma’lumotlardan kelib chiqib fikrlashi va orzu qilishi mumkin.
Uyda ham a’lo darajada dam olish mumkin
Qayergadir borish kerakligi haqida o‘ylab, ta’til qanday o‘tib ketib qolganini bilmay qolishingiz mumkin. Bu fursat bir zumda o‘tib ketishi, vaqti kelib esa shunchaki xotira bo‘lib qoladi. Bolangiz bilan birgalikda taom tayyorlashingiz, stol tennis o‘ynashingiz va bu vaqtda suhbat quring.
Viruslar xavf solmaydi
Pandemiya hali tugamagani sabab ham ommaviy tadbirlarda qatnashmay turganingiz yaxshi. Ko‘ngil ochish uchun borgan archa bayramda bolangiz kasal orttirib olishini xohlamasangiz, uyda vaqtni maroqli o‘tkazish uchun sharoit yarating va ta’tilning qiziqarli bo‘lishi uchun rejalar tuzing.
Manba